Rayimjonov Ravshan Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar davrida jurnalistning professional kompetentligiga qo‘yilayotgan talablar: milliy va xalqaro tajriba”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1015.
Ilmiy rahbar: Muratova Nozima Faxritdinovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Ismailova Klementina, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli media davrida jurnalistning professional kompetentligining o‘zgarish xususiyatlarini ochib berish, global media makonda jurnalistning kompetentlik darajasini belgilovchi yangi mezonlarni aniqlash va amaliyotga moslik darajasini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jurnalistlarga professional kompetentlik doirasida qo‘yilayotgan talablar OAV tahririyatlarida ro‘y berayotgan konvergentlashuv va raqamlashtirish jarayonlari ta’sirida joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar davrida texnik jihatdan kengayib, ijodiy  tomondan universallashayotgani dalillangan; 
professional jurnalistik faoliyat, mediata’lim va oliy jurnalistika ta’limi yo‘nalishlarida  media konpetentlikni shakllantiruvchi yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) va qattiq ko‘nikmalarga (hard skills)  tayanish chegarasi va qamrovi belgilangan;
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida professional kompetensiyalarga yondashishga oid universallashuv va ixtisoslashuv kabi tizimli, an’anaviy va raqamli kompetensiyalar kabi kontekstual, birlamchi va ikkilamchi singari professional ko‘nikmalar mavjudligi aniqlangan;
milliy ta’lim tizimini yangi medialar bilan ishlash tendensiyalarini inobatga olgan holda kompetentlik yondashuvi prizmasi orqali ta’lim standartlari va malaka talablarini takomillashtirish uchun jurnalistik ta’limda raqamli kompetensiyalarni qamrab olish samaradorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda harbiy jurnalistika shakllanishi va rivojlanishi tamoyillari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
jurnalistlarga professional kompetentlik doirasida qo‘yilayotgan talablarni kompleks tadqiq qilish orqali ularning raqamli texnologiyalar davrida rivojlanishi, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida professional kompetensiyalarga yondashishda mavjud o‘xshashlik va tafovutlar, raqamlashayotgan media sharoitida jurnalist kompetensiyalari borasida o‘zgarishlar asosida bir nechta tahririyat xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari qayta ko‘rib chiqilishi jarayonida foydalanilgan (O‘zMTRK davlat unitar korxonasining “Mahalla” teleradiokanalining 2022 yil 04 fevraldagi 01-12-83–son ma’lumotnomasi). Natijada tahririyatlarda yangi kadrlarni olishdagi yondashuvlar takomillashtirilgan; 
professional jurnalistik faoliyat, mediata’lim va oliy jurnalistik ta’lim prizmasi orqali konpetentlik yondashuv chegarasi, bosma va internet nashrlarida bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarga konvergent tahririyat sharoitida raqamli formatda ishlash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarning o‘zgarishi borasidagi xulosalar va takliflar yosh tahririyatlarda xodimlar bilan ishlash siyosatida aks etgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” birlashgan tahririyati 2022 yil 17 yanvardagi 07-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi bo‘yicha ijodiy guruhni shakllantirishda vazifalar taqsimotida yangicha yondashuv qo‘llanilgan;
jurnalistlarning va taxririyat raxbarlarining jurnalist kompetensiyalari borasida o‘rganilgan fikrlar asosida Zo`rTV jurnalistlarining yangi medialar bilan ishlash jarayonini optimallashtirishga yordam bergan (Zo`rTV media tahririyatining 2021 yil 28 dekabrdagi 402/21-A-son ma’lumotnomasi). Berilgan tavsiya va tahliliy ma’lumotlar asosida mutaxasislarni muntazam qayta tayyorlash va professional tajribalarni takomillashtirish, jurnalistlarning ixtisoslik doiralarini kengaytirishda foydalanilgan;
old professional kompetensiyalar, jurnalist kadrlardagi media axboriy savodxonlik va kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliyotchi jurnalistlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarining malaka talablari ishlab chiqilgan (“Uza.uz” tahririyatining 2021 yil 30 dekabrdagi 30/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, media axboriy savodxonlik kabi kompetentlik jurnalist kadrlarning layoqati va professional kompetensiya darajasidagi kategoriya sifatida shakllanishi borasida o‘quv mashg‘ulotlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish