Mamedova Madina Ashuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ingliz tili omonimlariga o‘qitishdagi kompyuter texnologiyalari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.3.PhD/Ped625.
Ilmiy rahbar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:Tuxtasinov Ilxom Madaminovich,pedagogika fanlari doktori, professor;Samatova Barnoxon Ravshanxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tili omonimlarini kompyuter texnologiyalari asosida o‘rgatish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tilida omoformalar doimiy bo‘lishi va so‘zlarning grammatik shakllarni hamda leksik-grammatik kategoriyalarni ajratib turadigan morfologik oppozisiyaga aylanishi,   ingliz tilida esa tarixiy-an’anaviy tamoyil yetakchi ekanligi hisobiga omograflar va omofonlarning genezisida farqlar mavjudligi aniqlangan;
omonimiyani semantik variantlilik aspektda leksik-semantik farq va nutqiy ko‘p ma’nolilik tamoyillarini aniqlash orqali umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari uchun mo‘ljallangan ingliz tili darsliklarida xorijiy til kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda kam qo‘llaniladigan omonimlarni qamrab olgan passiv lug‘at zahirasini shakllantirishga qaratilgan lingvodidaktik ta’minot takomillashtirilgan; 
ingliz tili omonimlarini kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qitishning  omonimlar semantizatsiyasi, omonimlarni qo‘llashni mashq qilish, omonimlar o‘zlashtirilishini nazorat qilish kabi uch bosqichli mexanizmining samaradorligi omonimlarni o‘rgatish uchun kompyuter dasturi – elektron trenajyor shaklida amalga oshiriladigan mashqlar majmuini ishlab chiqish orqali isbotlangan;
umumta’lim maktabining 10-11 sinflari uchun maktab darsliklari lug‘atidagi omonimik guruhlar sonini aniqlash orqali (omograflar – 18 ta, to‘liq omonimlar – 297 ta, omofonlar – 42 ta) an’anaviy ingliz tili bo‘yicha darslik (English 10, 11)dagi  omonimik kontent va struktural tafovutni bartaraf etish samaradorligi asoslangan.      
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tili omonimlarini kompyuter texnologiyalari asosida o‘rgatishning ilmiy asoslangan va amalda qo‘llangan metodikani tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga ingliz tili omonimlarini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan metodikaning nazariy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan natijalardan I-OT-2019-42-sonli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron poetik lug‘atini yaratish (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri)” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 29 martdagi 011/1-565-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayoni uchun o‘zbek va ingliz tillarining elektron she’riy lug‘ati yaratilishiga xizmat qilgan;
    
rus tilida omoformalar doimiy bo‘lishi va so‘zlarning grammatik shakllarni hamda leksik-grammatik kategoriyalarni ajratib turadigan morfologik oppozisiyaga aylanishi,   ingliz tilida esa tarixiy-an’anaviy tamoyil yetakchi ekanligi hisobiga omograflar va omofonlarning genezisida farqlar mavjudligi tahlillaridan Naberejnochelnin institutining 19-013-00679-sonli  “Ta’lim sohasida ma’lumotlar tahlili” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Naberejnochelni institutining 2021 yil 7 iyundagi 1.3.1.29-08/629-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasida o‘quv analitikasining nazariy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
omonimiyani semantik variantlilik aspektda leksik-semantik farq va nutqiy ko‘p ma’nolilik tamoyillarini aniqlash orqali umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari uchun mo‘ljallangan ingliz tili darsliklarida xorijiy til kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda passiv lug‘at zahirasini shakllantirishga qaratilgan lingvodidaktik ta’minotga oid xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida 2021 yil yanvar` oyida efirga uzatilgan "Assalom Buxoro", "O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek", "Til millat ko‘zgusi" kabi teledasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 yanvardagi 1/14-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-11-sinf o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish