Rashidova Feruza Musaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston uzluksiz ta’lim tizimida CEFRni tatbiq etishning konseptual-metodik asoslarini takomillashtirish (ingliz tili misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped34.
Ilmiy maslahatchi: Boqieva Gulandon Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoshimov Ganijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori; Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda mavjud chet tillarini o‘rganish tizimini SEFR asosida takomillashtirishning konseptual-metodik asoslarini ingliz tili misolida o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv-metodik materiallar vositasida chet tili mutaxassisliklari integratsiyasini ta’minlash metodikasi ishlab chiqilgan;
Davlat ta’lim standartini takomillashtirish hamda chet tilini o‘rganish, o‘rgatish va bilish darajasini baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ta’limining har bir bosqichi uchun ishlab chiqilgan mezonlar asosida chet tilini bilish darajasini ichki va tashqi baholashni tenglashtirish tizimi yaratilgan;
pedagoglarning kasb mahoratini takomillashtirish asosida sifat samaradorligiga yo‘naltirilgan dastur, baholash tizimi va usullarini o‘zida mujassamlashtirgan pedagoglarning kvalimetriyasi ishlab chiqilgan;
yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlar asosida chet tilini kasbga yo‘naltirilgan va fan bilan itegrallashuvi mexanizmining V1, V1+, V2 va S1 darajalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston uzluksiz ta’lim tizimida CEFRni tatbiq etishning konseptual-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston Davlat ta’lim standartini takomillashtirib borish, chet tilini o‘rganish, o‘rgatish va bilish darajasini baholashga doir tavsiyalar ilmiy-tekshirish institutlarida, oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi malaka oshirish institutlarida joriy qilingan, shuningdek o‘quv-uslubiy materiallarni yaratishda, o‘qituvchilarning attestatsiyasi va ta’lim muassasalarining akkreditatsiya jarayonlarida foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar Davlat ta’lim standartini amalga oshirish doirasida chet tillar uchun o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va tatbiq qilish samaradorligini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
ta’limning har bir bosqichi uchun yaratilgan mezonlar asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ingliz tili misolida chet tilini bilish darajasini ichki va tashqi baholashni tenglashtirish tizimi va metodlari joriy qilingan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada materiallar xalqaro standartlarga muvofiq chet tilini o‘zlashtirish darajasini baholashning milliy tizimi asosida baholash metodikasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
fan va mutaxassislik doirasida chet tilining integratsiyasi usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar ITD-1, A-1-219 raqamli “CEFR S1 darajasi asosida o‘quv-uslubiy majmua yaratish” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat ta’lim standartining V1, V1+, V2, S1 darajalari uchun o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 14 oktyabrdagi 06/958-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi o‘quvchilarining bilim darajalarini o‘quv uslubiy materiallar yordamida bosqichma-bosqich takomillashtirish imkonini bergan;
uzluksiz ta’lim tizimida chet tili bo‘yicha ta’lim sifati kafolatini ta’minlash instrumentlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi misolida amaliyotga (ingliz tili bo‘yicha) tatbiq etilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi muassasalarida chet tillarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, o‘qitishning yangi texnologiyalarini joriy etish, yangi avlod adabiyotlaridan foydalanish, chet tili o‘qituvchilarining mahoratini oshirishga xizmat qilgan.