Kudaynazarov Aydos Kengesbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashning didaktik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1073.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Pirniyazov Iskender Kudiyarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashning nazariy asoslari va didaktik tizimini ishlab chiqish hamda o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini loyihalashga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalash mazmuni demokratik va insonparvar tamoyillar asosida o‘quvchilarni ishchanlik, kuzatuvchanlik, mas’uliyatlilik, o‘quv topshiriqlarni bajarish, ob’ektiv dunyoqarashga ega bo‘lish kabi sifatlarni rivojlantirish parametrlari bo‘yicha aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashtirish imkoniyatlari o‘quv-bilish jarayonini o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirish, loyihalashtirilgan tizim, vaziyat va jarayonning mustaqil rivojlanishi kabi tamoyillarga ustuvorlik berish asosida o‘qitish, o‘zlashtirish va ta’lim mazmunining o‘zaro aloqadorligi va pedagogik layoqatning dinamik barqarorligini ta’minlash orqali aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli kasbiy bilimlar, kasbiy ko‘nikmalar, psixologik va pedagogik bilimlar, mayllar, o‘zligini anglash g‘oyasi, tartib-qoidalarga amal qilish, shaxsiy o‘ziga xoslik ko‘rsatkichlari asosida kafolatlangan faoliyat natijalariga erishish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashning didaktik tizimi yangiliklarni tadbiq etish bosqichi va sharoitlarining uyg‘unligida tizimli-faoliyatli, aksiologik-qadriyatli, akmeologik, shaxsiy-faoliyatli, kompetentli, insonparvarlikka asoslangan metodologik yondashuv imkoniyatlari hamda ichki psixologik va tashqi pedagogik omillar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashning didaktik tizimini ishlab chiqish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalash mazmuni demokratik va insonparvar tamoyillar asosida o‘quvchilarni ishchanlik, kuzatuvchanlik, mas’uliyatlilik, o‘quv topshiriqlarni bajarish, ob’ektiv dunyoqarashga ega bo‘lish kabi sifatlarni rivojlantirish parametrlari bo‘yicha aniqlashga hamda ta’lim jarayonidagi mavjud muammolarning samarali echimlarini topishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani konsepsiyasini yaratishda hamda ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 18 oktyabrdagi 01/11-02/02-1485-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-izlanishli innovatsion faoliyati samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashtirish imkoniyatlari, kasbiy bilim va ko‘nikmalar, psixologik va pedagogik bilimlar, mayllar, o‘zligini anglash g‘oyasi, tartib-qoidalarga amal qilish, shaxsiy o‘ziga xoslik ko‘rsatkichlari asosida kafolatlangan faoliyat natijalariga erishishga doir taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-55237–raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01/15-09/166-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pedagogika” ensiklopediyasining I jildi tayyorlanib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini loyihalashning didaktik tizimi yangiliklarni tadbiq etish bosqichi va sharoitlarining uyg‘unligida tizimli-faoliyatli, aksiologik-qadriyatli, akmeologik, shaxsiy-faoliyatli, kompetentli, insonparvarlikka asoslangan metodologik yondashuv imkoniyatlari hamda ichki psixologik va tashqi pedagogik omillar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012-2016 yy) nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 12 oktyabrdagi 01/15-09/166-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘quvchilarda hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish parametrlari”nomli metodik qo‘llanma yaratilib, hamkorlik jarayonida vujudga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etish vosita va metodlarini qo‘llash samaradorligi oshgan.