Abdimurotov Oybek Uralovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1318.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Rajabov Furkat Turakulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Xamroeva Feruza Asrorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik va metodik xususiyatlari geografik ta’lim mazmunini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirish, fanga oid xususiy ko‘nikmalarning tayanch kompetensiyalar bilan integrativ qayta aloqasini belgilash, tabiiy-ilmiy savodxonlikka qo‘yiladigan minimum talablarning reproduktivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
tabiiy geografiya kurslaridan amaliy mashg‘ulotni tashkil etish texnologiyasini pedagogik loyihalashning metodik tizimi amaliy yo‘naltirilgan ta’lim muhitini tashkiliy, diagnostik, mazmunli, baholashga doir bosqichlar bo‘yicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirilgan;
 amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli komponentlarga yo‘naltirilgan variativ va invariativ ta’lim mazmunini strukturalashtirish, faol va interfaol o‘qitish shakllarining didaktik imkoniyatlarini ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning taktik va strategik texnologiyalari mahorat darslari, interaktiv vebinarlar, keys topshiriqlari, so‘rov va ovoz berish, ijodiy topshiriqlar, kichik guruhlarda ishlash kabi shakllarini “olti qoida”ga asoslangan maqsadlar daraxti bilan identivlik muvozanati produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik va metodik xususiyatlarini geografik ta’lim mazmunini vertikal va gorizontal yo‘nalishda kengaytirish, fanga oid xususiy ko‘nikmalarning tayanch kompetensiyalar bilan integrativ qayta aloqasini belgilash, tabiiy-ilmiy savodxonlikka qo‘yiladigan minimum talablarning reproduktivligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, tabiiy geografiya kurslaridan amaliy mashg‘ulotni tashkil etish texnologiyasini pedagogik loyihalashning metodik tizimini amaliy yo‘naltirilgan ta’lim muhitini tashkiliy, diagnostik, mazmunli, baholashga doir bosqichlar bo‘yicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Geografiyadan masala va mashqlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i); Natijada, pedagogika yo‘nalishlari geografik ta’lim mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli komponentlarga yo‘naltirilgan variativ va invariativ ta’lim mazmunini strukturalashtirish, faol va interfaol o‘qitish shakllarining didaktik imkoniyatlarini ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida yaratilgan “Geografiyadan masala va mashqlar” nomli o‘quv qo‘llanma Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘quv jarayonida tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik loyihalashning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning taktik va strategik texnologiyalarini mahorat darslari, interaktiv vebinarlar, keys topshiriqlari, so‘rov va ovoz berish, ijodiy topshiriqlar, kichik guruhlarda ishlash kabi shakllarini “olti qoida”ga asoslangan maqsadlar daraxti bilan identivlik muvozanati produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2022 yil 17 martdagi 06-31-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya ta’limining ommalashuvi va auditoriyasining kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish