Ro‘zmetova Dildora Adilbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ingliz tili potensial leksikasini o‘rgatish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1668.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Jalolov Jamol Jalolovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Djumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ikramxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ingliz tili potensial leksikasini shakllantirishning zamonaviy lingvotexnologiyalari asosida mashqlar tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari iqtisodiyot yo‘nalishi talabalariga ingliz tilidagi adaptivlashtirilgan va autentik matnlarni o‘qish jarayonida professional leksik subkompetensiyaga ega shaxsning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi etarlilik va zaruriylik (necessity and sufficiency) kabi prinsiplari aniqlangan; 
talabalarning chet tilda lingvistik kompetensiyasini rivojlanishiga  to‘sqinlik qiluvchi interferension qiyinchiliklarni bartaraf etishning strukturaviy avtomatizmlari paradigmatik, sintagmatik kontekstualizatsiya va antisipatsiya (taxminiy fahmlash) mexanizmlarini kiritish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning potensial leksikani o‘rganganlik darajasini aniqlovchi mezonlar, sohaga yo‘naltirilganlik (narrowing) va autentik o‘quv materialidagi kasbiy terminlarni o‘zlashtirishga oid ilmiy g‘oyalar - “Pre-, While-, Post-“ matn oldi, matnni o‘qish jarayonida va matn o‘qilgandan keyingi lingvodidaktik mashqlar turkumini ajratish orqali takomillashtirilgan;
 ingliz tilida sohaviy potensial leksikani shakllantirishga adaptivlashtirilgan “Lisoniy topqirlik” (Language guessing), “Co‘z xaritasini yaratish” (Sreat a Word Map), “Potensial leksik ro‘yxat” (Personalized lists), “Kontekstli tavsiyalardan foydalanish” (Use context Clues) kabi interaktiv lingvotexnologiyalar orqali leksik subkompetensiya rivojlantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘rgatishda talabalarning potensial leksik subkompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
chet til o‘rgatishning kommunikativ-kognitiv metodi asosida OTMlarning iqtisodiyot fakul`tetlari talabalarining potensial lug‘at zahirasini shakllantirishga oid ilmiy asoslangan nazariyalardan A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti-2021 yil 17 maydagi 02-07-1259/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning potensial lug‘at zahirasini rivojlanishiga erishilgan;
iqtisodiyotga oid terminlar asosida talabalarning chet tilda lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi interferension qiyinchiliklarni bartaraf etishning strukturaviy avtomatizmlariga oid xulosalardan MUZ-2015-0908164325–raqamli “Kommunikativ-kumulyativ metod asosida umumta’lim maktabi talabalariga ingliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasida foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 17 maydagi 01/15-09/90-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning potensial lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan mashqlar tizimi va ingliz tili o‘qituvchilari uchun taklif-tavsiyalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz tilida sohaviy leksik subkompetensiyani shakllantirishni ta’minlaydigan lisoniy topqirlik, so‘z xaritasini yaratish, potensial leksik ro‘yxat, kontekstli tavsiyalardan foydalanish, kabi interaktiv lingvotexnologiyalar va potensial leksikani rivojlantirishga oid metodik tavsiyalardan “O`zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 13 apreldagi 04-25-558-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs erki milliy madaniy tushunchasini shaxs ongiga singdirish va so‘z boyligini rivojlantirish metodikasini ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish