Rashidova Gulnoza G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Discertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1805.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy aspektlari yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy me’yorlarni faol o‘zlashtirishning ijodiy bukletlar, hayotiy keyslar tahlili kabi moslashuvchan ommabop yo‘llarini targ‘ib etish jarayoniga vorisiylik tamoyilini qadriyatli tan olish munosabatida qo‘llashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish modeli tarixiy va ijtimoiy-madaniy savodxonlikka kompleks ta’sir etuvchi vebinar, brifing kabi usullarni kognitiv mustaqillik, xronologik tartibga asoslangan o‘quv muhiti, qayta xotirlash kabi tarix darslari komponentlari integratsiyalashuvini uzviy ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari tarixiy kontekstda mo‘ljal olish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Time history”, “Brifing”, “Tarixiy qarmoq” kabi blis topshiriqlarni o‘zaro tinglash va tahrir muhitida maqbullashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ta’lim oluvchilarda kasbiy amaliyotga yo‘nalgan o‘quv-amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi tarixiy ma’lumotlardan tashkil topgan pedagogik jarayon modellarini variativlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy aspektlari yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy me’yorlarni faol o‘zlashtirishning moslashuvchan ommabop yo‘llarini targ‘ib etish bo‘yicha ilmiy taklif va nazariy xulosalardan ITD-1-148 raqamli “Kasb ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 fevraldagi 02-07-44/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarida ijtimoiy va kasbiy jihatdan zamon talablariga mos kasbiy fazilatlarni shakllantirish va talabalarni muloqot va ta’lim faoliyatining yangi shakllariga yo‘naltirishga xizmat qilgan;
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish modeli tarixiy va ijtimoiy-madaniy savodxonlikka kompleks ta’sir etuvchi usullarni kognitiv mustaqillik, xronologik tartibga asoslangan o‘quv muhitida qiyosiy tahlil, qayta xotirlash kabi tarix darslari komponentlari integratsiyalashuvi borasidagi ilmiy xulosalar Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” mavzusidagi (2017-2018 yy.) amaliy loyihaning mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 28 dekabrdagi 02-07-4148/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari kasbiy amaliyot uchun zarur bo‘lgan tarixiy kontekstda mo‘ljal olish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Time history”, “brifing”, “Tarixiy qarmoq” kabi blis topshiriqlarga oid konstruktiv (ko‘p tomonlama manfaatli) tavsiyalar ITD-1-148 raqamli “Kasb ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 fevraldagi 02-07-44/04-son dalolatnomasi). Natijada, intellektual-anglash faoliyatini faollashtiruvchi, turli ijtimoiy-kommunikativ sohalarga moslashuvini ta’minlovchi interfaol amaliy mashg‘ulot ishlanmalarini yaratishga xizmat qilgan.
talabalarda ma’naviy, axloqiy sifatlarni kasbiy rivojlanish funksiyalari hamohangligida rivojlantiruvchi darsgacha, darsda va darsdan keyingi o‘quv faoliyat traektoriyasini amaliyot bilan bog‘liq talaba shaxsining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar haqida Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida ma’ruza qilingan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 18 yanvardagi 10-12/33-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini shakllantirish tizimining pedagogik shart-sharoitlar, usul va vositalarining ommalashishiga erishilgan.