Usmonov Kamol Xoshim o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosida harbiy vatanparvarlik g‘oyalarining talqini», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal27.

Ilmiy rahbar: Mahmudova Guli Tilabovna falsafa fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosida harbiy vatanparvarlik g‘oyalarining rivojlanish tendensiyalarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

vatanparvarlikning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida vatanparvarlikni mustahkamlovchi (ratsional, pragmatik) va aksincha, uni emiruvchi (deviantlik, marginallashuv, lyupenlashuv, kosmopolitik) omil va yondashuvlar asoslangan;

«o‘zbek xalqi milliy qahramonlarining harbiy vatanparvarlik» fenomeni hamda milliy-axloqiy idealni shakllantirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilgan;

harbiy vatanparvarlikni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish orqali jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlashning mexanizmlari takomillashtirilgan;

o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy merosi asosida yoshlarda harbiy vatanparvarlikni shakllantirishga qaratilgan pedagogik-psixologik determinantlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosida harbiy vatanparvarlik g‘oyalarining talqini bo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-axloqiy takliflar asosida:

vatanparvarlikning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida vatanparvarlikni mustahkamlovchi va emiruvchi omil va yondashuvlar, «o‘zbek xalqi milliy qahramonlarining harbiy vatanparvarlik» fenomeni hamda milliy-axloqiy idealni shakllantirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlariga oid takliflardan O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining  2016 yil 9 dekabrdagi 02-03/392-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini, yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hamda  vatanparvarlik va harbiy vatanparvarlikni maqsadli va tizimli tashkil etishga xizmat qilgan;

harbiy vatanparvarlikni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish orqali jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlashning samarali mexanizmlari hamda o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy merosi asosida yoshlarda harbiy vatanparvarlikni shakllantirishga doir takliflardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2016 yil 14 dekabrdagi 01-717-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga qo‘llanilishi harbiy vatanparvarlik mafkurasi axloqiy asoslarini mustahkamlanishi, mamlakatimiz fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali tizimini yaratish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish