Farmonov Sirojiddin Nizomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayvonlar organizmida 2-merkaptobenzotiazolning ta’sirini toksikologik baholash», 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi, veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V20.
Ilmiy rahbar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Izbasarov Ungar Kaxarovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldashev Soatboy Jiyanboevich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 2-merkaptobenzotiazolning hayvonlar organizmining immunobiologik reaktivligi va reproduktiv funksiyasiga toksik ta’siri xususiyatlarini o‘rganish, buning asosida ushbu ksenobiotikning hayvonlarga ta’sirini oldini olish va uzoq muddatli samarasini tuzatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 2-merkaptobenzotiazolning qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun o‘tkir zaharlovchi O‘D50 miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan;
2-merkaptobenzotiazolni quyonlar organizmiga immunodepressiv, embriotoksik va gonadotoksik ta’sir xususiyatlari mavjud ekanligi aniqlangan;
2-merkaptobenzotiazol bilan quyonlarni surunkali zaharlanishlarida dimefosfon immunomodulyatori (250,0 mg/kg) bilan polivinilpirolidon preparatini (5,0 mg/kg) birgalikda qo‘llash samarali profilaktik va terapevtik vositalar ekanligi aniqlangan;
2-merkaptobenzotiazolning hayvonlar organizmiga, immun tizimi va reproduktiv faoliyatiga salbiy ta’sir kursatmaydigan qabul qilish mumkin bo‘lgan eng yuqori dozasi - 0,2 mg/kg ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hayvonlar organizmida 2-merkaptobenzotiazolning ta’sirini toksikologik baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Kimyoviy vositalar ta’siridan hayvonlar organizmida yuzaga keladigan immun etishmovchiliklarini oldini olish va davolash», «Pestisidlar va boshqa kimyoviy toksikantlar ta’siridan hayvonlar ko‘payish organlarida sodir bo‘layotgan patologiyalar va ularni oldini olish choralari» bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 27 yanvardagi №02/23-36-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni veterinariya amaliyotida qo‘llanilishi natijasida hayvonlar organizmida yuzaga keladigan turli darajadagi zaharlanishlarni oldi olish hamda ular ta’siridan keyingi patologik jarayonlarni samarali davolash imkoniyatini beradi;
quyonlar organizmiga 2-merkaptobenzotiazolni surunkali ta’siri natijasida yuzaga keladigan reproduktiv faoliyatidagi buzilishlarni oldini olish va davolash maqsadida T-tip immun tizimni shakllantiruvchi dimefosfonni (250,0 mg/kg ) polivinilpirrolidon (5,0 mg/kg) bilan birgalikda 10 kun davomida 3 marta parenteral (m/o va t/o) yo‘l orqali qo‘llash usuli Samarqand va Navoiy viloyatlari fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 27 yanvardagi №02/23-36-son ma’lumotnomasi). Ushbu profilaktik va davolash usulining samaradorligi yuqori bo‘lib, sarflangan 1 so‘m xarajat qoplami 5,46 so‘mni tashkil etgan.