Yo‘ldoshev Xurshid Hazratqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tola miqdorini ko‘paytirish maqsadida paxtadagi erkin tolalarni aniqlash va uni yo‘qolishini kamaytirish” 05.06.02- To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T1650. 
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatqulov Orifjon Tursunovich, texnika fanlari falsafa doktori RhD.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani qayta ishlash texnologik jarayonida paxtadagi erkin tolalarni yo‘qolishini kamaytirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
paxtani havodan ajratib oluvchi SS-15A seperatoridan olingan paxta namunalariga so‘ruvchi havo oqimini ta’sir ettirish orqali erkin tolalarni aniqlovchi laboratoriya qurilmasi yaratilgan;  
laboratoriya qurilmasiga berilayotgan namuna massasi, undagi paxta bo‘lakchalarining bosib o‘tgan yo‘li bo‘yicha tezliklarining o‘zgarishini erkin tolalarni ajralishiga bog‘liq bo‘lgan harakat tenglamasi ishlab chiqilgan;
paxta tarkibidagi erkin tolalarni chiqindiga chiqib ketishini va chigit shikastlanishini oldini olish uchun separatorning ishchi kamerasiga trapesiya shaklidagi yo‘naltirgich o‘rnatilgan;
erkin tolalarni chiqindiga chiqishini oldini olishda separatorning ishchi kamerasiga o‘rnatilgan yo‘naltirgich parametrlariga bog‘liqligini ifodalaydigan adekvat regression matematik modeli olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta chiqindilari tarkibidagi tolalarni ajratuvchi laboratoriya qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta tarkibidagi erkin tolalarni chiqindiga chiqib ketishini oldini olish maqsadida separatorning ishchi kamerasiga takomillashtirilgan trapesiya shaklidagi yo‘naltirgich o‘rnatilgan qurilma Jizzax valoyati Zarbdor tumanida joylashgan “Paxtakor tekstil” Qo‘shma korxonasiga qarashli “Zarbdor paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlar” uyushmasi 08 oktyabr, 2021 №03/12-232-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar 0,21 % ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish