Vaisov Iskandar Adxamdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Naslsiz nikoh. Urogenital infeksiyaga chalingan erkaklar reproduktiv funksiyasining patogenetik xususiyatlarini xisobga olgan xolda davolashni takomillashtirish», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2017.1.DSc/Tib76.
Ilmiy maslahatchi: Xaitov Qaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zaslavskiy Denis Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Talat Abduvaxabovich, tibbiyot fanlari doktori; Isxakova Xalida Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.M.Kirov nomidagi Harbiy-tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er-xotin juftliklarida bepushtlik xavf omillari, tarkibi va tashxislash xususiyatlari, shuningdek erkaklar bepushtligida jinsiy a’zolar patologik va fiziologik xususiyatlarini aniqlash orqali davolashni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallikning ilk yuqishi va bepushtlikning rivojlanishida erkaklar va ayollarda reproduktiv a’zolar shikastlanishi darajasi aniqlangan;
ayollar bepushtligida obturatsion asoratlar, birlamchi bepushtlikda JAOYuI, ikkilamchi bepushlikda esa tug‘ruqdan va abortdan keyingi asoratlar aniqlangan;
bepusht erkaklar infertilligida spermaning patologik o‘zgarishlari, varikotsele, urug‘ chiqaruvchi yo‘llar obstruksiyasi, qo‘shimcha jinsiy bezlar kasalliklari ekanligi isbotlangan;
bepusht er-xotinlar mikst-infeksiyalari ichida trixomonada va xlamidiya qo‘zg‘atuvchilarining uchrash darajasi aniqlangan;
urug‘da spermatozoidlar miqdorining kamayishi, ayniqsa aralash infeksiyali bemorlarda esa ularning harakatchanligining keskin sustlashuvi aniqlangan;
ilk bor bepusht erkaklarda past intensiv lazer nurlantirish usulini qo‘llash orqali yallig‘lanish jarayonini, dorilarga bog‘liqlikning, sperma me’yorlashuvining va reprodutiv faoliyatni tiklanishi aniqlangan;
ilk bor bepushtlikda PILN ta’sirida spermatozoidlarning faol-harakatchan, morfologik normal, yashashga qobiliyatli shakllari miqdorining ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bepusht nikoh, urogenital infeksiyali erkaklar reproduktiv funksiyasining patogenetik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
JAOYuIni erta aniqlash, nikohda bepushtlik rivojlanishini prognozlash, shuningdek davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Er-xotinlarni JAOYuIga dastlabki tekshiruvlarning tamoyillari» nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 1 fevraldagi 8N-d/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma JAOYuIni erta tashxislash, klinik kechishini va asoratlari rivojlanishini aniqlash hamda oldini olishga imkon yaratgan;
JAOYuI va bepushtlikning tashxis mezonlari, ularni davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Respublika teri-tanosil klinik shifoxonasi va Toshkent viloyat teri-tanosil dispanseri amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 1 fevraldagi 8N-d/1-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar birlamchi bo‘g‘in shifokorlari tomonidan JAOYuIni oldini olish va erta tashxislash hamda davolashni optimallashtirishda keng foydalanilmoqda. Infeksiyalarni erta tashxislash, davolashda antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash orqali bepusht er-xotinlarda reproduktiv asoratlaridan davolash muddatini 3–4 kungacha qisqartirish, farzand ko‘rish imkoniyatini oshirgan.