Ermat Shermatovning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasini va mahsuldorligini masofadan monitoring qilish uslubini takomillashtirish”, 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/T422       Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Yakubov Murat Adilovich texnika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Myagkov  Sergey  Vladimirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Raximov G‘iyosjon Nishonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat agrar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zlashtirilgan erlarda tuproq sho‘rlanishini, paxtaning morfometrik xususiyatlariga asoslanib va fermer xo‘jaliklarini M1:5000 masshtabida suratga olish asosida taxlillash metodikasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan erlarni (Aerofotosur’at)AFS va (Kosmofotosur’at)KFC asosida har xil turlardagi tuproqlarda paxta hosilini  bashorat qilish usuli takomillashtirilgan;
AFS va KFC ma’lumotlar asosida sug‘oriladigan maydonda zaharli tuzlar miqdorini g‘o‘za bargining yuzasiga va hosildorligiga ta’sirini baholash usuli ishlab chiqilgan;
AFS va KFS asosida M1: 5000 masshtabida fermer xo‘jaliklarining sug‘oriladigan dalalarida tuproq sho‘rligi va unumdorligi xaritasini tuzish usuli ishlab chiqilgan;
dala tajribasining tadiqotlari asosida paxtaning o‘sishi va rivojlanishining takomillashtirilgan statistik β modeli yaratilgan;
korrelyasiya analiz usuli asosida g‘o‘zaga zaxarli tuzlar ta’sirini funksional bog‘liqligi tenglamasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘za bargining qalinligini o‘lchash asosida tuproqdagi zaxarli tuzlarni miqdorini aniqlashning ekspres usuli ishlab chiqilgan;
sho‘rlangan maydonlarining suv-tuz balansi tenglamasini qo‘llash asosida sho‘r yuvish me’yorlarining maqbul hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasini va mahsuldorligini masofadan monitoring qilish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqning sho‘rlanish xaritasini operativ tuzish usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Xiva tuman melioratsiya bo‘limiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23dekabrdagi HL88443268-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarning meliorativ holatini tezkor baholab, ularni yaxshilash chora-tadbirlari yaratilgan;
sho‘rlangan erlarda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishining dinamik modeli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Shovot tuman melioratsiya bo‘limiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi HL88443268-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za hosildorligini tezkor bashorat qilish va uni oshirish imkoni yaratilgan;
sug‘oriladigan maydon hosildorligini masofaviy axborot yordamida baholash usuli Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspedisiyaga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi HL88443268-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za hosildorligini 3-5 s/ga oshirishga erishilgan;
sug‘oriladigan maydonlarni sho‘rlanish darajasini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Meliorativ ekspedisiyaga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 05 noyabrdagi 03/09-3-356-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan maydonidagi sho‘r dog‘larni kamaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish