Pulatov Behzod Mannonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr energetika tizimlarining holatlarini evolyusion algoritmlar yordamida optimallashtirish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1152.
Ilmiy rahbar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Taslimov Abduraxim Dexkanovich texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat transport universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Elektr energetika tizimlarining holatlarini stansiyalarning real energetik xarakteristikalaridan foydalanish asosida barcha ta’sir etuvchi va cheklovchi faktorlarni hisobga olib optimallashning evolyusion algoritmlari va matematik modellarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika tizimlarining holatlarini optimallashtirishning stansiyalarni real energetik xarakteristikalaridan bevosita foydalanishga asoslangan evolyusion algoritmi ishlab chiqilgan;
energetika tizimlarining holatlarini evolyusion algoritm yordamida optimallashtirishda tenglik va tengsizlik ko‘rinishidagi funksional chegaraviy shartlarni hisobga olish uslubi yaratilgan;
tarkibida IES, GES va QTEMda ishlovchi elektr stansiyalari mavjud bo‘lgan energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini ko‘rilayotgan davrni vaqt intervallariga ajratmasdan va ajratish orqali optimal rejalashtirishning matematik modellari va evolyusion algoritmlari ishlab chiqilgan;
energetika tizimlarining holatlarini rejalashtirishda stansiyalarda ishlovchi agregatlarning optimal tarkibini ularning umumlashgan energetik harakteristikalaridan foydalanish asosida tanlashning evolyusion algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr energetika tizimlarining holatlarini stansiyalarning real energetik xarakteristikalaridan foydalanish asosida barcha ta’sir etuvchi va cheklovchi faktorlarni hisobga olgan holda evolyusion algoritmlar yordamida optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar va algoritmlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energetika tizimlarining holatlarini optimallashning evolyusion algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Milliy dispetcherlik markazida sutkalik ish rejimini optimallashtirish uchun joriy qilingan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning 2022-yil 21-fevraldagi 01-02-16/636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir sutka davomida issiqlik elektr stansiyalaridagi shartli yoqilg‘i sarfini 16,398 tonnaga kamaytirishga erishilgan;
elektr energetika tizimlarining holatlarini barcha holat va texnologik chegaraviy shartlarni hisobga olib optimallashning evolyusion algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Milliy dispetcherlik markazida energetika tizimining qishki mavsumi ish rejimlarini optimallashtirish uchun joriy qilingan (2022 yil 21 fevraldagi 01-02-16/636-sonli ma’lumotnoma, «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ). Natijada qishki mavsum davomida 1065,87 tonna shartli yoqilg‘ini tejashga erishilgan;
elektr energetika tizimlarining holatlarini optimallashning evolyusion algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Milliy dispetcherlik markazida energetika tizimining qishki mavsumi ish rejimlarini optimallashtirish orqali yoqilg‘i bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni minimallashtirish uchun joriy qilingan (2022 yil 21 fevraldagi 01-02-16/636-sonli ma’lumotnoma, «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ). Natijada energetika tizimida yoqilg‘i sarfi xarajatlarini 224,48 mln. so‘m ga kamaytirishga erishilgan.