Xolmurodova Dilnoza Xolmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tibbiyot ta’lim muassasasi talabalarining til qobiliyatlarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3 PhD /Ped565.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot ta’lim muassasalari talabalarining til qobiliyatlarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining nutq o‘stirish texnologiyasi refleksiv mashqlar, nutqning estetik sifati, vaziyatni verbal shaklda tasavvur qila olish, suhbatdoshiga moslashib olishning individualligini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
talabalarning tibbiyot sohasiga oid matn ustida ishlash samaradorligi nutqni o‘stirish jarayoni intensivligi, kasbiy tafakkurni rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari hamda diagnostik loyihalash ko‘nikmalarni egallash qobiliyatiga ko‘ra saralash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida nutqni rivojlantirish bosqichlari o‘qitishning didaktik ustuvor tamoyillarini evristik hamda produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalariga til birliklarining o‘zlashtirilishi, yasalishi, qayta yaratilishi va adekvat idrok qilinishi mosligi natijadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar nutqini o‘stirish jarayoni mustaqil ta’limda og‘zaki (speaking) va yozma (writing) nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy kurs topshiriqlari til birliklarining tashqi shaklini ularning mazmun jihati, umumiy ma’nosi, semantikasi bilan mantiqiy bog‘lay olish ko‘nikmasini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot ta’lim muassasalari talabalarining til qobiliyatlarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
tibbiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarining nutq o‘stirish texnologiyasi refleksiv mashqlar, nutqning estetik sifati, vaziyatni verbal shaklda tasavvur qila olish, suhbatdoshiga moslashib olishning individualligini e’tiborga olgan holda takomillashtirishga oid takliflar asosida “Textbook for medical students” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i asosida berilgan 237-373 raqamli ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini tashkil qilib, natijaning samarali bo‘lishiga erishilgan;
talabalarning tibbiyot sohasiga oid matn ustida ishlash samaradorligi nutqni o‘stirish jarayoni intensivligi, kasbiy tafakkurni rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari hamda diagnostik loyihalash ko‘nikmalarni egallash qobiliyatiga ko‘ra saralash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Textbook for medical students” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i asosida berilgan 237-373 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, til o‘rganish istagida bo‘lgan bo‘lajak mutaxassislarning nutq ko‘nikmalari integrasiyasi asosida kasbiy tayyorgarligi o‘sishiga xizmat qilgan;
talabalarining auditoriya mashg‘ulotlarida nutqni rivojlantirish bosqichlari o‘qitishning didaktik ustuvor tamoyillarini evristik hamda produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalariga til birliklarining o‘zlashtirilishi, yasalishi, qayta yaratilishi va adekvat idrok qilinishi mosligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida “Textbook for medical students” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i asosida berilgan 237-373 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning nutq faoliyati turlari integrasiyasi asosida erkin muloqot qila olish qobiliyati o‘sishiga xizmat qilgan;
talabalar nutqini o‘stirish jarayoni mustaqil ta’limda og‘zaki (speaking) va yozma (writing) nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy kurs topshiriqlari til birliklarining tashqi shaklini ularning mazmun jihati, umumiy ma’nosi, semantikasi bilan mantiqiy bog‘lay olish ko‘nikmasini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 noyabrdagi 02-07-3512/04-son dalolatnomasi) Natijada, talabalar o‘zaro kommunikasiyaga kirishishi va kasbiy kompetetnligi rivojlanishiga erishilgan.