Nazarov Nasriddin Ataqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turk runologiyasining tarixi va etnomadaniy jarayonlardagi o‘rni (VI-VIII asrlar)” mavzusida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.07 – Etnologiya, etnografiya, antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tar177.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.3/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxo‘jaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori; Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Ablat Xo‘jaevich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadimgi turkiy yozma yodgorliklarini VI-VIII asrlardagi tarixiy voqealar bilan bog‘liqligini, uning etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘rnini ochib berishdan iborat. 
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
turk runik yozma yodgorligining lingvo-filologik mazmuni bilan bir vaqtda, etnotarixiy manba, tarix va etnologiya fanlarining ham o‘rganish ob’ekti ekanligi isbotlanib, tarixiy jarayonlar (VI-VIII asrdagi voqealar) in’ikosi sifatidagi mohiyati ochib berilgan hamda jamiyat a’zolarining ongida o‘tmishga pozitiv munosabati dalillangan;
milliy taraqqiyot ta’minlanayotgan O‘zbekiston sharoitida jamiyat a’zolari ongida tarixiy qadriyatlarga (qadimgi turkiy yozuvga) pozitiv munosabat rivojlantirilib, tarixiy-retrospektiv mohiyatiga urg‘u berilgan hamda turk runologiyasining shakllanishi milodning VI asri bilan bog‘liq bo‘lmasdan, uning tarixiy ildizlari miloddan oldingi IV-III asrlarga borib taqalishi Issiq bitigi asosida isbotlangan; 
O‘rxun bitigidagi “sir” etnonimi va Sirdaryo gidronimining o‘zaro aloqalari, Sirdaryo atamasi turkiy etnohudud arealida toponim va gidronim sifatida transformatsiyalashuv asosida turkiy tushunchani ifoda etib qadimgi sirlar (bugungi qipchoqlar) atamasi bilan bog‘liqligi, tarixiy etnogidronim ekanligi, etnoijtimoiy mohiyat kasb etishi aniqlangan;
turk runologiyasining tarixiy va etnomadaniy mohiyati milliy fan taraqqiyotida runologiyaning o‘rnini belgilaganligi, yozuvning ilk namunalari sifatida umuminsoniy qadriyatlar bilan aloqadorligi, turkiy madaniy sivilizatsiyaning o‘ziga xos ko‘rinishi ekanligi isbotlanib, turkologiyaning turkiy xalqlar tarixi, etnik tafakkuri va etnologiyasining o‘rni ochib berilgan;
turkiy tafakkur taraqqiyotida ajdodlardan qolgan yozma yodgorliklarda ilgari surilgan Mangu El, el birligi, turkiy qadriyatlar uyg‘unligi kabi g‘oyalardan ijobiy foydalangan holda, bugungi yangilanishlar sharoitida etnomadaniy shakllanish jarayoniga oid turkiy xalqlarning yaxlit shakllanish jarayonlari, ular dunyoqarashida tarixan umumiylik xislatlari, qon-qarindoshlikning tarixiy jihatlarini singdirish konsepsiyalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turk runologiyasining tarixi va etnomadaniy jarayonlardagi o‘rni bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
turk runik yozma yodgorligining lingvo-filologik mazmuni bilan bir vaqtda, etnotarixiy manba, ya’ni tarix va etnologiya fanlarining ham o‘rganish ob’ekti ekanligi isbotlanib, konkret tarixiy jarayonlar (VI-VIII asrdagi voqealar) in’ikosi sifatidagi mohiyati ochilib, jamiyat a’zolarining ongida o‘tmishga pozitiv munosabati shakllantirishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 19 maydagi 14-07-998-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘mita tarkibidagi milliy madaniy markazlar vakillarida tarixiy qadriyatlarga munosabatni yuksaltirishni ta’minlagan;
milliy taraqqiyot ta’minlanayotgan O‘zbekiston sharoitida jamiyat a’zolari ongida tarixiy qadriyatlarga (qadimgi turkiy yozuvga) pozitiv munosabat rivojlantirilib, turk runologiyasining shakllanishi milodning VI asri bilan bog‘liq bo‘lmasdan, uning tarixiy ildizlari miloddan oldingi IV-III asrlarga borib taqalishi ilmiy dalillar (“Issiq bitigi”) ilgari surilgan natijalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasining ijrosida keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021 yil 31 maydagi 02/02-240-son dalolatnomasi). Natijada partiya a’zolari, xususan yoshlarda tarixiy qadriyatlariga bo‘lgan hurmat va ehtirom ruhini yuksaltirishga xizmat qilgan;
O‘rxun bitigidagi “sir” etnonimi va Sirdaryo gidronimining o‘zaro aloqalari tadqiq etilib, Sirdaryo atamasi turkiy etnohudud arealida toponim va gidronim sifatida transformatsiyalashuv asosida turkiy mohiyatni ifoda etishi hamda turk runologiyasining shakllanish bosqichi milodning VI asri bilan bog‘liq bo‘lmasdan, uning tarixiy ildizlari miloddan oldingi IV-III asrlarga borib taqalishi asoslanganligi bugungi etno-madaniy yangilanishlar sharoitida, toshbitiklardagi hikmatlardan elparvarlik va vatanparvarlik xislatlari rivojida, shuningdek, turkiy xalqlar birligini ta’minlashda turk runik yozma yodgorliklari g‘oyalarining ahamiyati, turk  runologiyasini o‘rganish va targ‘ib etishning istiqbolli qirralari kabi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” Teleradiokanali” davlat unitar korxonasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” Teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 17 iyundagi 02-40-1028-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tafakkurning rivojiga hamda bugungi kunda turkiy xalqlar hamda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari orasida o‘zaro birlik va hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
turk runologiyasini o‘rganish tarixiy-retrospektiv, etnologik va ijtimoiy-madaniy aspektlarda tadqiq etilib, uning umuminsoniy qadriyatlar bilan aloqadorligi, turkiy madaniy sivilizatsiyaning o‘ziga xos ko‘rinishi ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan jihatlari hamda ajdodlarimizdan qolgan madaniy qadriyatlarni tadqiq etish asosida bugungi ijtimoiy-madaniy faoliyatni yo‘lga qo‘yish lozimgi haqidagi natijalaridan  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining madaniy tadbirlarni tashkil etishda tarixiy qadriyatlarga amal qilish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 18 maydagi 01-12-01-2480-son ma’lumotnomasi). Natijada Vazirlikning madaniy tadbirlarida jamiyat a’zolarida vatanparvarlik xislatlari rivojiga, tarixiy qadriyatlarga ehtirom hissini yuksaltirish borasida targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
turkiy tafakkur taraqqiyotida ajdodlarimizdan qolgan yozma yodgorliklarda ilgari surilgan g‘oyalardan bugungi madaniy-ma’naviy yangilanishlar sharoitida turkiy xalqlar dunyoqarashida tarixan yaxlitlik xislatlarini singdirib, ijtimoiy-antropolik yaxlit shakllanish jarayonini boshdan kechirganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan o‘zining targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishda, jumladan “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Faol va tashabbuskor yoshlar-mamlakatimiz kelajagi”, “Ta’lim demokratik jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omilidir” mavzulari targ‘ibida foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 9 iyundagi 82-son dalolatnomasi). Natijada partiyaning yoshlar qanoti faoliyatini tarixiy qadriyatlarga hurmat asosida g‘oyaviy jihatdan mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish