Nizomova Shoxista Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy she’riyatda suv va olov obrazlarining ramziy-timsoliy talqinlari”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1106.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy she’riyatda suv va olov bilan bog‘liq obrazlarning mazmun-mohiyati, hayotiy-mifologik asoslari, badiiy-estetik vazifalari, turli analoglari, an’anaviy hamda yangicha ramziy-timsoliy talqin xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek she’riyatida suv va olov bilan bog‘liq obrazlarning o‘rni, hayotiy-mifologik asoslari, poetik yangilanishi, badiiy strukturasi, inson umri, vaqt, poklik, yorug‘lik, mehr va haqiqatga tashnalik singari turli ramziy-timsoliy ma’nolari aniqlangan;
fol`klor va zamonaviy she’riyatda suv hamda olov obrazlarini qo‘llashda inson hayoti, tirikchiligi uchun zarur hisoblangan suv, olov, tuproq, havo kabi to‘rt unsurni qadimdan hozirgi kungacha qo‘llanilishida o‘ziga xos poetik an’ana mavjudligi isbotlangan;
zamonaviy she’riyatdagi suv va olov bilan bog‘liq ramziy-timsoliy obrazlarning genezisi suv va olov kul`tiga borib taqalishi, badiiy evolyusiyasi, dinamikasi mif-marosim-fol`klor-yozma adabiyot bosqichida tadrijiy o‘sib borganligi dalillangan;
zamonaviy she’riyatda suv va olov obrazlarining sifatlovchilari, semantik tiplari, badiiy-estetik vazifalari, istioraviy hamda metaforik obrazli iboralar talqini ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida shoirlarning an’anaviy obrazlardan foydalanish mahoratini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy o‘zbek she’riyatida qo‘llanilgan suv va olov bilan bog‘liq obrazlarning o‘rni, an’anaviyligi, hayotiy-mifologik asoslari, poetik yangilanishi, badiiy strukturasi, ramziy-timsoliy ma’nolari aniqlanganligiga doir xulosalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 oktyabrdagi 17.01/263-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy she’riyatda o‘zbek fol`kloridagi suv va olov kul`tiga ishonch asosida paydo bo‘lgan an’anaviy ramziy obrazlarni tasniflash, fol`kloriy manbalardan ijodiy ta’sirlanib shakliy-uslubiy yangilashda zamonaviy shoirlarning poetik mahoratini asoslash imkonini bergan;
zamonaviy she’riyatdagi suv va olov bilan bog‘liq ramziy-timsoliy obrazlarning genezisi, badiiy evolyusiyasi, dinamikasi mif-marosim-fol`klor-yozma adabiyot bosqichida tadrijiy o‘sib borganligi dalillanganligia oid xulosalaridan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 5 oktyabrdagi 17.01/263-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnda milliy ruhni ifodalashdagi poetik mohiyati hamda vazifalarini aniqlash doirasida erishilgan xulosalar qoraqalpoq adabiyotshunosligidagi xuddi shunday masalalarni qiyosiy yoritish imkonini bergan;
o‘zbek xalq og‘zaki ijodida shakllangan suv va olov kul`tiga aloqador e’tiqodiy qarashlar poetik talqini, bu bilan bog‘liq estetik tajribalar, an’anaviy obraz va motivlarning yozma adabiyotga ko‘chirilishi hamda ijtimoiy hayot voqeliklari bilan bog‘lab ifodalanishi, ularning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va roli, bunda ijodkorlarning badiiy-uslubiy mahorati haqidagi ilmiy xulosalardan «Buxoro» telekanalining «Dolzarb mavzu», «Interv`yu plyus», «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 1/257-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuvi, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan. Keltirilgan tahlillar esa teletomoshabinlarning bilimi, kitobxonlikka qiziqishini oshirishga xizmat qilgan.