Esemuratov Abdimurat Esemuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jayli tumani toponimlarining tarixiy-lingvistik tahlili», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Fil547.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Enazarov Tolib Djumanazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘simov Zaribbay, filologiya fanlari doktori, professor; Abishev Genjebay, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Camarqand davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Xo‘jayli tumanidagi er-suv atamalarini monografik asosda ma’lum onomastik tizimga solish orqali ularning semantik xususiyatlari, yasalish usullari va tuzilishini aniqlash, indikatorlarning ma’noviy-tematik turlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xo‘jayli tumani toponimlarning  xalqning tarixi,  madaniyati,  ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lisoniy birlik sifatidagi xususiyatlari ochib berilib, ularning o‘ziga xos leksik, grammatik modellari ishlab chiqilgan;
toponimlarning onomastik konversiya va leksik-sintaktik usullar orqali yasalishi, affiksli va affikssiz bo‘lishi, «ot+ot», «sifat+ot», «son+ot» modellarida kelishi asoslab berilgan; 
toponimlar uchun motiv hisoblangan va lug‘aviy asos qilib olingan “jap”, “xoja”, “ushqin”, “tao‘shan”  kabi belgi-xususiyatlar hamda lisoniy birliklar aniqlangan;
“Tasli jap”, “Suo‘enli”, “Malakayshi”, “Qumbiz” kabi toponimlarning tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan semantik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jayli tumani toponimlarining tarixiy-lingvistik tahlilibo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xo‘jayli tumanidagi ma’nosi aniq bo‘lmagan joy nomlarining etimologiyasi va toponimlarni etnolingvistik, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida ajratish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 15 noyabrdagi 346/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi toponimlarining semantik xususiyatlarini o‘rganish, nom ma’nolari, onomastikada toponimlarning yasalish usullari, gap bo‘laklariga bo‘linishini isbotlash bo‘yicha berilgan amaliy xulosalar ilmiy manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan; 
ayrim toponimlarning lug‘at tarkibidagi fonetik o‘zgarishlari, imlo qoidalariga mos yozilishi, toponimik indikatorlarning funksional-semantik xususiyatlariga oid ilmiy natijalardanXo‘jayli tumani hududidagi suv havzalarining turlari, tabiiy-geografik xususiyatlarini aniqlashda, gidronimlarni ma’nosiga ko‘ra tizimlashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi So‘v xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 02/06-3-286-son ma’lumotnomasi). Natijada, joy nomlari, tuman, qishloq, er-suv atamalarini rasmiy hujjatlarda imlo xatolarisiz, adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri yozilishi ta’minlangan;
toponimlarning semantik xususiyatlari, yasalish usullari, grammatik tuzilishi va ularning komponent tarkibiga oid olingan nazariy xulosalardan geografik ob’ekt nomlarining shakllanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, nom berishda lokal hududiy leksikaning tutgan o‘rni, er-suv atamalarining o‘zgarishi, ularning to‘g‘ri yozilishi haqidagi tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasida «Jaslar ushin», «Tilge itibar – elge itibar» radioeshittirishlarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 14 avgustdagi 08/02-154-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqning er-suv atamalari haqidagi qarashlarini boyitish bilan bog‘liq lingvomadaniy ma’lumotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish