Xodjaniyazova Umida Kulmagambetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi A2 darajasidagi o‘quvchilarining chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirish», 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1010.
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dil`darxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida A2 darajasidagi o‘quvchilarning chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A2 darajasidagi qoraqalpoq o‘quvchilarining chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minot «O‘YoTFR» texnologiyasiga asoslangan individual ijodiy o‘qitish shakllarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
 izchillik, muloqot, ong va vaziyat tamoyillariga asoslangan, mustaqil-tahliliy o‘qish, fikr yuritish, tushuntirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini va chet tili yozma nutqini rivojlantirishga mo‘ljallangan «FAN (Fiction Analysis Notebook)» nomli ishchi daftarlari milliy xususiyatlar kontekstida ishlab chiqilgan;
chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirishda ingliz va qoraqalpoq tillarini morfologiya nuqtai nazaridan qiyoslash asosida maxsus o‘rganishni talab qiluvchi tillararo interferensiya (sintetik-grammatik uslubning ustunligi, urg‘uning grammatikada ahamiyatsizligi, qat’iy so‘z tartibi) hodisalari hamda ijobiy transpozisiya hodisalari aniqlanib, nutq ko‘nikmalarining boshqariladigan transpozisiya mexanizmi takomillashtirilgan;
ingliz tilida mantiqiy-izchil argumentli matnlarni yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishda «O‘YoTFR» texnologiyasining asosiy didaktik bosqichlari («Chaqiriq», «Mazmunni tushunish» va «Fikrlash») asosida haqiqiy-nutqiy (insho, savol-javob, reproduktiv, produktiv) mashqlar va topshiriqlar kompleksi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida A2 darajali o‘quvchilarning chet tilidan yozuv kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha olingan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
A2 darajasidagi qoraqalpoq o‘quvchilarining chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minotiga oid dissertatsiya materiallari Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasidagi AQSh elchixonasi tomonidan taklif etilgan SUZ-800-13- GR133 raqamli «Access English Microscholarship Programm» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2021 yil 16 oktyabrdagi 01-21-09/858-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishning metodik ta’minoti yanada boyidi va bu ularning yozma nutqini rivojlantirishiga imkon bergan;
izchillik, muloqot, ong va vaziyat tamoyillariga asoslangan, mustaqil-tahliliy o‘qish, fikr yuritish, tushuntirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini va chet tili yozma nutqini rivojlantirishga muljallangan «FAN (Fiction Analysis Notebook)» nomli ishchi daftarlarini amaliy qo‘llash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 22-sonli maktabning ta’lim qozoq tilida olib boriladigan 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari uchun «I Love Writing» fan to‘garagi materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 01-01/5-4812-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi daftarlaridan foydalanish orqali A2 darajasidagi o‘quvchilarning chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirish samaradorligining oshishiga erishilgan;
chet tili yozuv kompetensiyasini shakllantirishda ingliz va qoraqalpoq tillarini morfologiya nuqtai nazaridan qiyoslash asosida maxsus o‘rganishni talab qiluvchi tillararo interferensiya (sintetik-grammatik uslubning ustunligi; urg‘uning grammatikada ahamiyatsizligi; qat’iy so‘z tartibi) xodisalari, shuningdek, ijobiy transpozisiya natijalari T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zPFITI Qoraqalpog‘iston filialida F3-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 25 oktyabrdagi 205-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilarining ingliz tilidan lingvistik kompetensiyasini shakllantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz tilida mantiqiy-izchil argumentli matnlarni yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishda «O‘YoTFR» texnologiyasining asosiy didaktik bosqichlari («Chaqiriq», «Mazmunni tushunish» va «Fikrlash») asosida haqiqiy-nutqiy (insho, savol-javob, reproduktiv, produktiv) mashqlar va topshiriqlar kompleksini takomillashtirishga oid dissertatsiya materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining «2.1. Til ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar» moduli bo‘yicha dars jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining 2021 yil 28 oktyabrdagi 01/1-243-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish hududiy markazi tinglovchilari ingliz tili (ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar) o‘qituvchilarining zarur kasbiy kompetensiyalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish