Mexmonov Maqsud Rabbonoqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Portlash energiyasi parametrlarini boshqarish yordamida tog‘ jinslari massivini maydalash sifatining yaxshilanishini ilmiy asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2188.
Ilmiy rahbar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turbulizator konstruksiyasidan foydalanishni, portlash yuklamasini ishga solish yo‘nalishi va takrorlanishi hamda doimiyligini nazorat qilib turishni o‘z ichiga oluvchi portlash energiyasining parametrlarini boshqarish bo‘yicha texnologik echimlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jinslari massiviga portlovchi ta’sir parametrlarining o‘zgarishini tahlil qilish imkonini beradigan portlovchi modda energiyasining skvajina uzunligi bo‘ylab zaryadlarni portlash ta’sirining hajmli matematik modeli ishlab chiqilgan;
zaryad uzunligi bo‘ylab portlovchi modda energiyasini kerakli joyga yo‘naltirilib, qayta taqsimlanishi evaziga massivdagi tog‘ jinslariga portlash ta’sirining darajasini o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan va «turbo portlatish» effektidan foydalangan holda portlovchi modda energiyasini skvajinadagi zaryad uzunligi bo‘ylab qayta taqsimlanishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
portlovchi modda zaryadida turbulizator konstruksiyasidan foydalanishda ya’ni turbulizatorni aylanish radiusiga bog‘liq ravishda detonatsiya to‘lqinlarini aylanish chastotalari turbulizator konstruksiyasi bo‘ylab o‘tgandan so‘ng, skvajinalarni ko‘ndalang kesim yuzasi va dastlabki portlovchi modda detonatsiya tezligi portlovchi skvajina devorlariga mexanik kuchlanishni o‘zgarishi aniqlangan;
tog‘ jinslari massivida radial darzliklarning zonalarini o‘zgarishi va tog‘ jinslarini maydalanish radiusini bog‘liqligi tog‘ jinslarini fizik mexanik xususiyatlariga, emul`siyali portlovchi moddalarni energetik tavsiflarini aniqlovchi parametrlariga hamda portlatiladigan blokni o‘lchamlariga bog‘liq ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Portlash energiyasi parametrlarini boshqarish orqali tog‘ jinslari massivini maydalash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
skvajinali zaryadlarda turbulizator konstruksiyasidan foydalanishda kon massivining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qilish metodikasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 fevraldagi XA-001175-son ma’lumotnomasi). Natijada, radial darzliklarning zonalari o‘lchamlari va tog‘ jinslarini maydalash radiusini aniqlash imkonini bergan;
turbulizator konstruksiyasidan foydalanish bilan portlash yordamida tog‘ jinslari massivini maydalash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 fevraldagi XA-001175-son ma’lumotnomasi). Natijada, detonatsiya mahsulotlarining energiya uzatish mexanizmini o‘zgartirish va maydalash jarayoni vaqtini uzaytirish orqali ikkilamchi maydalash xarajatlarini kamaytirish, ekskavatorlarning ish quvvati va tog‘-kon ishlarining xavfsizligini oshirish imkonini bergan;
portlatish blokida PM skvajinali zaryadlarini qo‘zg‘atish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 fevraldagi XA-001175-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinslarini yuqori darajada maydalash, pog‘ona ostining normal maydalanish, tog‘ jinslarining parchalanish parametrlarini tartibga solish va portlashning muhandislik inshootlariga zararli seysmik ta’sirini kamaytirish imkonini bergan.