Karabazov Sardorbek Abdumajitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishda topogeodezik va kartografik ma’lumotlar bilan ta’minlashni takomillashtirish”, 11.00.06-“Geodeziya.Kartografiya” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.4. PhD/T1495
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdullaev Tulqin Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi
DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sa’dulla Avezbaevich – professor, iqtisodiyot fanlari doktori; Jo‘raqulov Doniyor Ochilovich – professor, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat chegarasini belgilash va aniqlashda topogeodezik hamda kartografik ma’lumotlar bilan ta’minlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
delimitatsiya va demarkatsiya ishlarini kartografik-geodezik ta’minlash usullari geografik axborot tizimlari asosida takomillashtirilgan;
demarkatsiyani topografik geodezik o‘lchash usullari global joylashishini aniqlash tizimi asosida takomillashtirilgan;
delimitatsiya kartalarini birinchi (0 %), ikkinchi (1-50% gacha) va uchinchi (51-100%) joy elementlarni o‘zgarishi asosida muhimlik darajalarga ajratilishi asoslangan;
tekislikdagi erlar uchun 1: 10 000, 1:25 000 va tog‘li hududlar bo‘yicha 1:100 000 masshtabli demarkatsiya karatalari “Panorama” va ArcGIS, dasturlariga asosan yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat chegarasini demarkatsiya qilishda topogeodezik va kartografik ma’lumotlar bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Davlat chegarasini aniqlash va belgilashda PrinCe i90 GPS yordamida koordinata qiymatlarini aniqlash hamda delimitatsiya va demarkatsiya qilishda elektron raqamli topogeodezik va kartografik ma’lumotlar Markaziy aerogeodeziya davlat korxonasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 15 sentyabrdagi 03-02-8039-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ob’ektida davlat chegarasini aniqlashda 30 ta geodeziya punktlar yaratilgan hamda demarkatsiya raqamli kartalarini yaratishda foydalanish samaradorligini oshirishga imkon bergan;
“Panorama”, ArcGIS dasturlarida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishda topogeodezik hamda kartografik ma’lumotlar bilan ta’minlash metodikasi asosida yaratilgan demarkatsiya elektron raqamli kartalarini yaratish usullari Markaziy aerogeodeziya davlat korxonasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil15 sentyabrdagi 03-02-8039-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat chegarasini aniqlash va belgilashda yuqori aniqlikga erishish ta’minlangan;
demarkatsiya elektron kartalarini yaratishni inobatga olgan holda qo‘shni davlatlar bilan bo‘lib o‘tadigan davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishda yangi elektron demarkatsiya kartalar Markaziy aerogeodeziya davlat korxonasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 15 sentayabrdagi 03-02-8039-son ma’lumotnomasi). Natijada, demarkatsiya ishlarini olib borishda raqamli 1:10 000 va 1:25 000 masshtabli demarkatsiya kartalarni yaratish imkoniyati yaratilgan.