Matyakubov Bunyod Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p miqdorda qon ketayotgan akusherlik holatlarda bajariladigan subtotal va total gisterektomiya jarrohlik amaliyoti texnikasini optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib814.
Ilmiy rahbar: Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Usman Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p miqdorda qon ketayotgan akusherlik holatlarda jarrohlik amaliyoti natijalarini yaxshilash uchun subtotal va total gisterektomiyani amalga oshirish texnikasini va konservativ davoni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor massiv akusherlik qon ketishida total gisterektomiya usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor ko‘p miqdorda qon ketayotgan akusherlik holatlarda total gisterektomiya jarroxlik usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor bachadon miomasida subtotal gisterektomiya jarroxlik usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor MAQning uchrash chastotasi, uning homiladorlik vaqtida va tug‘uruqdan keyingi davrda paydo bo‘lish sabablari, yaqinda tug‘adigan va endigina tuqqan ayollarning qon yo‘qotish miqdori hamda tana vazniga qarab subtotal va total gisterektomiyaning variantining amalga oshirish parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p miqdorda qon ketayotgan akusherlik holatlarda bajariladigan subtotal va total gisterektomiya jarrohlik amaliyoti texnikasini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqot asosida:
«Massiv akusherlik qon ketishida total gisterektomiya usuli» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06554, 31.08.2021 yil). Mazkur patent massiv akusherlik qon ketatgan ayollarda, jarroxlik amaliyotining vaqtini qiskartiradi, ketatgan qon miqdorini kamaytirgan va jarroxlik amaliyotini bajarish uchun to‘liq sharoit yaratib bergan, natijada jarroxlik usulining natijalarini yaxshilagan;
«Total gisterektomiya usuli» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining foydali model uchun patenti olingan (№FAP 01683, 31.08.2021 yil). Mazkur patent massiv akusherlik qon ketatgan ayollarda, ginekologik jarroxlik amaliyotida, total gisterektomiya amaliyotining bajarilishning vaqtini qiskartiradi, ketatgan qon miqdorini kamaytiradi va jarroxlik amaliyotini bajarish uchun to‘liq sharoit yaratib beradi, natijada jarroxlik usulining natijalarini yaxshilaydi va bemorlarning davolanish muddatini kamaytirgan;
«Bachadon miomasida bo‘yicha Intellektual mulk agentligining foydali model uchun patenti olingan (№FAP 01685 31.08.2021 yil). Mazkur patent mioma bilan bajarilinadigan subtotal gisterektomiya jarroxlik amaliyotida, bajarilishning vaqtini qiskartiradi, ketatgan qon miqdorini kamaytiradi va jarroxlik amaliyotini natijalarini ijobiylashtirgan;
massiv akusherlik qon ketishida total gisterektomiya bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Massiv akusherlik qon ketishida total gisterektomiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8 n-r/1130-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma massiv akusherlik qon ketishida interoperativ qon ketishini kamaytirish, jarrohlik vaqtini qisqartirish va jarrohlik amaliyoti natija¬sini yaxshilashga yordam bergan;
massiv akusherlik qon ketishida total gisterektomiya usulini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar Samarqand viloyati perinatal markazi, Yangiariq tumani va Xorazm shahar tibbiyot birlashmalari hamda Toshkent shahridagi 2-tug‘ruq majmuasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi 8n-z/557-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari massiv akusherlik qon ketishining oldini olish, uni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolashga xizmat qilib, jarrohlik amaliyoti natijalarining yaxshilanishi hisobiga onalar o‘limini kamaytirish imkonini bergan.