Mullaxanov Javlon Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Allergodermatozlarning immunogenetik, bioximik, mikrobiologik tashxisotining  markerlari va ularning davolash, profilaktika usullari», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib513.
Ilmiy maslaxatchi: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidkasim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Omsk davlat tibbiyot universiteti” federal davlat byudjet ta’lim muassasasi. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teridagi allergik kasalliklarning rivojlanish mexanizmini molekulyar-genetik, immunologik, biokimyoviy va mikrobiologik markerlarini hamda klinik kechishini baholash, erta tashxislashning yangi texnologik usullarini ishlab chiqish, davolash va profilaktik chora-tadbirlarini mukammallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molekulyar-genetik tadqiqotda terining allergik kasalliklari rivojlanishi mexanizmida glutation S-transferaza (GSTM1, GSTT1, GSTP1) geni polimorfizmi assotsiatsiyasi noxush allel` variantlari roli va ular dermatozning og‘ir shakllari rivojlanishini yuqori xavf omili markerlari o‘rni isbotlangan; 
terining allergik kasalliklari surunkali kechishi rivojlanishi mexanizmida birinchi marta shartli patogen mikrofloralar – Staphylococcus spp. (MRSA, MSSA, MRCoNS) genotiplarining ahamiyati isbotlangan; 
TNF-α geni G/A rs1800630 geterozigot genotiplari polimorfizmi assotsiatsiyasi polivalent sensibilizatsiya bo‘lgan bemorlarda eng ko‘p ajralishi – 91,3% birinchi marta isbotlangan; 
terisida allergik kasalliklari bor bemorlarning qon zardobida S-reaktiv oqsilning yuqori konsentratsiyasi aniqlangan, bu dermatoz kechishining og‘irlik darajasini isbotlangan; 
S. aureusning metisillinga chidamli shakli aniqlangan bemorlarning qon zardobida S-reaktiv oqsilining konsentratsiyasi keskin oshib ketgani aniqlangan, bu allergik dermatozlarga chalingan bemorlarda bakterial infeksiyalarning invaziv shakllari rivojlanishi mexanizmidan isbotlangan; 
allergik dermatozlarga chalingan bemorlarda GSTP1 geni genotiplari polimorfizmi assotsiatsiyasini tahlilida funksional A/A genotiplari bo‘lgan bemorlarda S-reaktiv oqsilining midqori 2,6 marta oshishi, noxush A/G va G/G genotiplari bo‘lgan bemorlarda esa SRO miqdori mos ravishda 6 va 5,5 marta oshishi ishonchli musbat korrelyasion bog‘lanish isbotlangan;
terisida allergik kasalliklari bor bemorlarda GSTP1 ksenobiotiklar fermentlari geni genotiplari polimorfizmi assotsiatsiyasi hisobga olingan holda tadqiqoti natijalariga ilmiy asoslangan patogenetik davolash usullari ishlab chiqilgan, kasallikning remissiya davrining uzaytirishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
teri allergik kasalliklarini immunogenetik, bioximik, mikrobiologik tashxisotining  markerlarini aniqlash, kasallikni davolash, profilaktika usullarini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
allergik teri kassaliklarni davolashda “Fatiderm” dermatologik chizg‘ichini qo‘llash bilan qadamma-qadam sirtqi terapiyani yangi usulini tavsiya etish asosida ishlab chiqilgan “Allergik dermatozlarni davolashda innovatsion dermatologik chizg‘ich” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n–z/400-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining joriy qilinishi sirtqi davolashning ushbu usuli teridagi patologik jarayonni infil`tratsiya darajasi, giperemiya va jadal qichishishni kamayishiga olib kelgan hamda uni sirtqi namlantiruvchi tayanch davolash sifatida tavsiya etish imkonini bergan;
teri allergik kasalliklari klinik kechishini erta aniqlash asosida “Teri allergik kasalliklari klinik kechishini aniqlash usuli” nomiga ixtiroga patent tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n–z/400-son). Allergodermatozlarning og‘irlik darajasini erta tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
allergik dermatozlarni tashhislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali, Respublika teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 apreldagi 08-09597-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotiga joriy etilishi tashhislashni takomillashirish, davolash samaradorligini 72,8% ga  oshirish, atopik dermatit bo‘lgan bemorlarda SCORAD indeksini 2,1 marta, allergodermatit bo‘lgan bemorlarda esa SShDIni 4,3 marta sezilarli darajada kamayishi, davolash muddatini qisqartirishi hisobiga iqtisodiy samadorlikni oshirishga imkon yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish