Sharaxmedova Mamura Damirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani mayda iflosliklardan tozalagichlarning ishchi elementlarini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish”, 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.3.RhD/1850 
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimdjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Usmankulov Alisher Kadirkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunalarining ishchi elementlarini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta zichlangan va siklik holda tozalash zonasiga uzatishini bartaraf etish, ifloslik ajralish yuzasi va tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlovchi paxta tozalashni «titish- elementar bo‘laklarga ajratish-tozalash» bosqichlaridan iborat takomillashtirilgan texnolo-giyasi ishlab chiqilgan; 
tozalagichning titish zonasida paxta bo‘laklarini harakatlanish qonuniyatlarini harakterlovchi tenglamalar olingan, paxtani qoziqchali barabanlarni maksimal zarbasi ta’sirida bo‘lish shartlari va qoziqcha bilan tozalagichni tepa devori orasidagi ratsional masofa aniqlangan; 
paxtani tozalash ob’ekti sifatida tuzilma tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkich ishlab chiqilgan, ularni texnologik jarayonlarda o‘zgarish qonuniyatlarini olinishi natijasida tozalagichlarni to‘rli yuzalarni tanlashni ilmiy asosi yaratilgan;
to‘rli yuzalarni geometrik o‘lchamlari, ish unumdorligi va terim turini tozalash samaradorligiga ta’sirini xarakterlovchi regressiya tenglamalari olingan va  ular yordamida paxtani tozalash qaytaligini ko‘paytirish hisobiga samaradorlikni oshirish imkoniyati cheklanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Paxta tozalash mashinalarining tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi ta’minlagich va paxtani tozalash jarayoniga tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
paxtani tozalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ratsional o‘lchamli, to‘rli yuzali tozaligichlar Toshkent viloyati «Real agro cotton» UKda joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29 apreldagi 02/22-287-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘rli yuzalarining tegishli o‘lchamlari 6×50 bo‘lgan tozalagichlarga nisbatan taklif etilayotgan o‘lchamlari 8×50 mm ga o‘zgarganda tozalash samaradorligi ortishi va  tola sinfi bir sinfga yuqorilishi imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish