Xamidova Nilufar Djumavaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika yo‘nalishi talabalariga axborot texnologiyalari yordamida ingliz tilini o‘qitishning samarali usullari”, 13.00.02-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.3.PhD/Ped1128.
Ilmiy rahbar: Xakimova Gulsara Egamnazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor,; Axmedova Matluba Ibragimxonova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishi talabalariga axborot texnologiyalari yordamida ingliz tilini o‘qitishning samarali usullarini va lingvotexnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini samarali o‘qitishning metodik omillari, ta’limiy tamoyillari va pedagogik shart-sharoitlari  ingliz tilini o‘zlashtirishga qo‘yilgan “V2” darajada o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv-metodik talablarni xorijiy tilni bilishning milliy baholash darajasi (milliy normativ format)ga intensiv ravishda moslashtirish (adaptivlashtirish) asosida aniqlashtirilgan;
texnika yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini kasbga yo‘naltirilgan holda bilish darajalari mezonlari til o‘rgatish muhitining umumdidaktik, psixolingvistik va metodik tamoyillari hamda til malakalari, nutqiy faoliyat, lingvistik bilimlarga asoslanuvchi lingvodidaktik kategoriyalarni til o‘rganuvchilarga qo‘yiladigan talablarni vaziyatga moslashuvchanlikni ta’minlash orqali maqbullashtirish (optimallashtirish) asosida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalish OTMlarida ingliz tilini intensiv o‘qitishning axborotlar bazasi va harakatlar dasturiga asoslangan konseptual modeli talabalarda uchraydigan tipik xarakterdagi interferension (fonetik, grammatik, strukturaviy) qiyinchiliklarni tezkor bartaraf etishga yo‘naltirilgan lingvotexnologiyalar (Matching tasks, Case study, 5W, Webquest, Kahoot)ni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda universal qo‘llash blok-tuzilmalari vositasida murakkab mazmunli matnlarni tushunishga yo‘naltirish asosida ishlab chiqilgan;
relevant mustaqil ta’lim mavzularini metodik, pedagogik va lingvistik jihatdan spiral o‘qitishni tashkil etish orqali talabalarning til ko‘nikmalari (fikrlarni mos tarzda og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash)ni kasbiy faoliyatga yo‘naltirishga qaratilgan tavsiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnik yo‘nalish talabalariga axborot texnologiyalari yordamida ingliz tilini o‘qitish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini samarali o‘qitishning metodik omillari, ta’limiy tamoyillari va pedagogik shart-sharoitlari, shuningdek, tizimli, kontekstli va axborotli yondashuvlar asosida pedagogik-lingvistik tahlil orqali bo‘lajak muhandislarning ingliz tilida texnik muloqotini xarakterlovchi muhim sifatlari (tashabbuskorlik, mustaqillik, kirishuvchanlik, texnik savodxonlik)ni aniqlashtirishga oid takliflardan AIF 2/20-raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 dekabrdagi 02-07-4031/04-son dalolatnomasi). Natijada, texnika yo‘nalishi talabalarining kasb darajasini muntazam oshirish maqsadida ularning bazaviy va amaliy tadqiqotlar integratsiyasi asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari  takomillashtirilgan;     
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishning umumdidaktik, psixolingvistik, metodik tamoyillari; til malakalari, nutqiy faoliyat, lingvistik bilimlarga asoslanuvchi lingvodidaktik kategoriyalar; motivatsion-maqsadli, tarkibiy-tashkiliy, baholovchi-tashxislovchi komponentlari asosida ishlab chiqilgan og‘zaki va yozma nutqni erkin ifodalay oladigan resipient/produksient kompetentli shaxslar rivojlanishiga oid takliflar AIF 2/20-raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 dekabrdagi 02-07-4031/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha dastur va metodikalar mazmuni zamonaviy talablar asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rganishda talabalarda uchraydigan tipik xarakterdagi interferension qiyinchiliklarni tezkor bartaraf etishga yo‘naltirilgan maxsus lingvotexnologiyalar (Matching tasks, Case study, 5W, Webquest, Kahoot) kompleksi orqali chet til o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan YoA-1-012 raqamli “Uzluksiz ta’lim yangi avlod o‘quv adabiyotlari va uning elektron darsligini yaratishning metodikasi (“O‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fani misolida)” (2018-2020 yy.) nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 dekabrdagi 02-07-4031/04-son dalolatnomasi). Natijada, texnik oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda global internet tarmog‘i, mul`timedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish bilan bog‘liq tashkiliy-metodik ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘rgatish jarayonida relevant mustaqil ta’lim mavzularini metodik, pedagogik va lingvistik jihatdan spiral o‘qitishni tashkil etish orqali talabalarning til ko‘nikmalari (fikrlarni mos tarzda og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash)ni kasbiy faoliyatga yo‘naltirgan holda rivojlantirish, bo‘lajak muhandislarda ingliz tilida kommunikativ qobiliyatlarning (axborotli, kognitiv va erkin muloqot) shakllanganlik darajalarini kompleks aniqlashga mo‘ljallangan axborot texnologiyalari elementlari va baholash mezonlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan YoO-A-1-009 raqamli  “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosda innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2019 yy.) nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 dekabrdagi 02-07-4031/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning chet tilini o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari, fikrlarni mos tarzda og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash bilan bog‘liq til ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish