Eshqobilov Olim Xoliqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlik kompozision polimer materiallarning antifriksion xossalarini o‘rganishning metodologik asoslari va paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirda ishlaydigan qoplamalar olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc./T493.
Ilmiy maslahatchilar: Abed Nodira Sayibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ulmasov Tulkun Usmanovich, texnika fanlari doktor; Safarov Toyir Tursunovich, texnika fanlari doktori; Eshmurodov Baxodir Beshimovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlikda qo‘llaniladigan kompozision polimer materiallarning antifriksion xossalarini aniqlashning metodologik asoslari va paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirda ishlaydigan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda ishlaydigan mashinasozlikda qo‘llaniladigan KPMning antifriksion, elektr va jarayonning harorati kabi fizik xossalarni aniqlash metodi ishlab chiqilgan va takomillashgan qurilma yaratilgan;
paxta xomashyosi bilan polimer materiallari friksion o‘zaro ta’sirlarida tutashuv zonasida elektrostatik zaryad zichligi hosil bo‘lishi va haroratning oshishi evaziga ishqalanish kuchining jiddiy ravishda oshish holati aniqlangan;
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda ishlaydigan mashinasozlikda qo‘llaniladigan KPM va ular asosidagi qoplamalarning antifriksion xossalarini baholash uchun takomillashgan qurilmaning maqbul texnologik parametrlari Ri=140 mm, dk=80 mm, hk=80 mm aniqlangan;
mashinalar ishlash rejimlari va qurilma parametrlarining paxta xomashyosi bilan KPMning o‘zaro ta’siri natijasida tutashuv zonasidagi statik elektrlanish va haroratning hosil bo‘lishi, unga mos ravishda ishqalanish koeffisientiga ularning jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, har bir mashinaning ishchi organlari uchun alohida antifriksion-eyilishga bardoshli KPM va ular asosidagi qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashgan tribometr diski sirtida termoplastik va termoreaktiv polimer kompozisiyalardan qoplamalar olishning maqbul texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
kompozision polimer materiallarning paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashuvidagi antifriksion xossalarini o‘lchash natijalariga o‘rtacha ishqalanish radiusi, silindrik idish diametri va balandligi kabi qurilma-tribometrning geometrik parametrlarini aniqlashda o‘lchamsiz kattaliklar – Rtr/dk va hk/dk dan foydalanish orqali tribometr parametrlarini maqbullashtirish hamda natijalarning doimiy va bir xilligiga erishilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mashinasozlik kompozision polimer materiallarning antifriksion xossalarini aniqlashning metodologik asoslari va paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirda ishlaydigan qoplamalar olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antifriksion va antifriksion-eyilishga bardoshli KPM va ular asosidagi qoplamalar Beshkent paxta tozalash zavodida «TST Agro cluster»da RBD va RP markali paxtani dastlabki qayta ishlash mashina va mexanizmlari ishchi organlarida qo‘llanilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2022 yil 9 fevraldagi 02-11/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash mashina va mexanizmlarining ish unumdorligini 8-13 % ga oshirish va paxta tolasining zararlanishini 0,10-0,22 % ga kamaytirish imkonini bergan;
paxta tolasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi antifriksion kompozision materiallar va ular asosida qoplamalar Muborak paxta tozalash zavodida PLA va XPP markali paxtalarni qayta ishlash mashina va mexanizmlari ishchi organlarida qo‘llanilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2022 yil 9 fevraldagi 02-11/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘larning ezg‘ilanishi 0,10-0,33 % ga, ishlatilayotgan quvvat sarfini esa 5-12 % ga kamaytirish imkonini bergan;
paxta tolasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda ishlaydigan qoplamalar olish texnologiyasi “KOMPOZIT NANOTEXNOLOGIYASI” MChJ ITMda yaratilgan takomillashgan qurilmada joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2022 yil 9 fevraldagi 02-11/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashinasozlikda qo‘llaniladigan kompozision polimer materiallarining antifriksion xossalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish