Xalikov Sindorkul Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘inomi): «O‘zbekistondagi XV-XVI asrlar arxitektura yodgorliklari gumbazlarining badiiy echimlari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/A65.
Ilmiy rahbar: Salimov Arifdjan Muslimovich arxitektura doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Aminjonovna, arxitektura doktori, professor; Muhammadjonov Qobiljon Hojimurodovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda XV-XVI asrda barpo etilgan arxitektura yodgorliklari gumbazlarining konstruktiv-badiiy echimlari, undagi shakllarning geometrik yasalish usullari va qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gumbazlarning me’moriy-rejaviy va kompozisiyaviy echimlariga xos xususiyatlar aniqlanib, konussimon gumbazlarning Movarounnahrda IX asrdan shakllanganligi va XV asrda o‘zining yuksak taraqqiyotiga erishganligi isbotlangan;
gumbazlar konstruktiv echimiga ko‘ra XIV asrning oxiri XV asr boshlaridan bir qobiqlidan ikki va uch qobiqliga o‘tganligi, gumbazlar tashqi ko‘rinishida badiiy mukammallikka erishganligi hamda bino ichkarisidagi elementlar mutanosibligini takomillashtirishga imkon berganligi dalillangan;
Movarounnahrda XV-XVI asrlarda bunyod etilgan yodgorliklarda, asosan, Balxi, Charxi, Sholg‘omiy, Qobirg‘ali, Chortark, Mirzoyi, Zarba linga, Mehrobiy, Nayzagi, G‘arovli, Kuloxiy, Piltovar, Qo‘shgumbaz kabi gumbaz turlari keng qo‘llanilganligi aniqlangan;
me’moriy yodgorliklar gumbazlarining badiiy obrazlari va bezaklarini ta’mirlashda “Mufradot” moduli asosida buzilgan yoki butunlay yo‘qolgan qismlarini qayta tiklash zarurligi aniqlanib, Hazrati Imom me’moriy majmuasidagi Baroqxon madrasasining bosh gumbazi tuzilishini hamda badiiy echimini qayta ta’mirlashda ushbu usuldan foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi XV-XVI asrlar arxitektura yodgorliklari gumbazlarining badiiy echimlari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gumbazlarning me’moriy-rejaviy va kompozisiyaviy echimlariga xos xususiyatlar aniqlanib, konussimon gumbazlarning Movarounnahrda IX asrdan shakllanganligi va XV asrda o‘zining yuksak taraqqiyotiga erishganligi, gumbazlar konstruktiv echimiga ko‘ra, XIV asrning oxiri XV asr boshlaridan bir qobiqlidan ikki va uch qobiqliga o‘tganligi gumbazlar tashqi ko‘rinishida badiiy mukammallikka erishganligi hamda bino ichkarisidagi elementlar mutanosibligini takomillashtirishga imkon berganligi dalillangan, nazariy asoslari yuzasidan olingan ilmiy natijalari amaliyotda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Arxitektura yodgorliklari gumbazlarining badiiy echimlari” nomli muzey eksponatlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlir Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazining 2021 yil 11 oktyabrdagi 537/21-son dalolatnomasi). Natijada Islom sivilizatsiya markazi muzeyida “O‘zbekistondagi XV-XVI asrlar arxitektura yodgorliklari gumbazlarining badiiy echimlari” nomli ekspozisiyani tashkil etish va shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
Movarounnahrda XV- XVI asrlarda bunyod etilgan yodgorliklarda, asosan, Balxi, Charxi, Sholg‘omiy, Qobirg‘ali, Chortark, Mirzoyi, Zarba linga, Mehrobiy, Nayzagi, G‘arovli, Kuloxiy, Piltovar, Qo‘shgumbaz kabi gumbaz turlari keng qo‘llanilganligi, me’moriy yodgorliklar gumbazlarining badiiy obrazlari va bezaklarini ta’mirlashda “Mufradot” moduli asosida buzilgan yoki butunlay yo‘qolgan qismlarini qayta tiklash zarurligi aniqlanib, Hazrati Imom me’moriy majmuasidagi Baroqxon madrasasining bosh gumbazi tuzilishini hamda badiiy echimini qayta ta’mirlashda nazariy asoslari yuzasidan olingan ilmiy natijalari amaliyotda Madaniy meros Departamenti tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniy meros Departamentining 2021yil 16 apreldagi 01-02-BM/546-son ma’lumotnomasi). Natijaning qo‘llanilishi arxitektura yodgorliklarining gumbazlarini badiiy echimlari tamoyillaridan amaliy loyixalarda foydalanish imkonini yaratgan.