Madreimov Aytbay Orazbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishda davlat byudjeti daromadlari manbalarini kengaytirish yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.07– “ Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt965.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Ilxom Obodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar o‘z daromadlari manbalarini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini foyda solig‘i tarkibiga biriktirilganligini hisobga olgan holda foyda solig‘idan tushumlarning mahalliy byudjetga qoldirilishi taklif etilgan;
mahalliy byudjetlar daromad manbaini oshirishda o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni belgilash orqali ko‘chmas mulkni to‘liq ro‘yxatga olinishini ta’minlash va hududlar kesimida mol-mulk solig‘i bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qo‘llash taklif etilgan;
mahalliy hokimiyat organlarining fiskal sohadagi vakolatlarini kengaytirish va soliq tushumlarini oshirishni ta’minlashda hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni kiritish orqali mahalliy er solig‘i stavkalarini o‘rnatish taklif etilgan;
hududlarning mahalliy byudjet daromadlari ulushida soliqsiz daromadlar tushumini oshirishda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlarni mahalliy byudjet ixtiyorida qoldirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishda davlat byudjeti daromadlari manbalarini kengaytirish yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini foyda solig‘i tarkibiga biriktirilganligini hisobga olgan holda foyda solig‘idan tushumlarning mahalliy byudjetga qoldirilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 06/04-02-32/2356-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjet daromadlari bazasining kengayishiga va mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligi oshishiga erishilgan;
mahalliy byudjetlar daromad manbaini oshirishda o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni belgilash orqali ko‘chmas mulkni to‘liq ro‘yxatga olinishini ta’minlash va hududlar kesimida mol-mulk solig‘i bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son «O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 06/04-02-32/2356-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlar manbasining kengayishiga, mol-mulkni soliqqa tortish mexanizmi takomillashtirilgan;
mahalliy hokimiyat organlarining fiskal sohadagi vakolatlarini kengaytirish va soliq tushumlarini oshirishni ta’minlashda hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni kiritish orqali mahalliy er solig‘i stavkalarini o‘rnatish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son «O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 06/04-02-32/2356-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu mahalliy hokimiyat organlarining fiskal sohadagi vakolatlarining kengayishiga va soliq tushumlarining oshishiga olib kelgan;
hududlarning mahalliy byudjet daromadlari ulushida soliqsiz daromadlar tushumini oshirishda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlarni mahalliy byudjet ixtiyorida qoldirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 06/04-02-32/2356-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq yukini oshirmagan holda mahalliy byudjet daromadlar bazasini oshirish va davlat aktivlaridan samarali foydalanish ta’minlangan.