Achilov Mashrab Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt654. 
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Xushvaqtova Xusnobod Solievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqcadi meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash darajasini resurstejamkorlik va texnologik yangilanish indekslari orqali (“past”, “o‘rtacha” va “yuqori” intervalli integral mezonlar asosida) baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
Jizzax viloyati “Muzbel agroklaster” MChJning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi mahsulot etishtiruvchilar, iste’molchilar va ta’minotchilarning o‘zaro manfaatli integratsiyalash bo‘limi taklif etilgan;
tabiiy iqlim sharoiti, bozorga nisbatan joylashuvi turlicha bo‘lgan meva-sabzavot etishtiruvchi sub’ektlarda teng iqtisodiy sharoitlar yaratish yuzasidan texnologik  modernizatsiyalashda nasos xarajatlarini 50 foizgacha subsidiyalash, artezian quduqlari qazish xarajatlarini besh yilgacha soliqdan ozod etish kabi tadbirlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Jizzax viloyati meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash hisobiga mevali bog‘lar va sabzavot ekinlari hosildorligi o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash darajasini resurstejamkorlik va texnologik yangilanish indekslari orqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Jizzax viloyatida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar va maqsadli dasturlar”ida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 02/011-1817-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bog‘dorchilik-sabzavotchilik xo‘jaliklari faoliyatini modernizatsiyalash samaradorligini baholash jarayonlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Jizzax viloyati “Muzbel agroklaster” MChJning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Jizzax viloyatida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar va maqsadli dasturlar”ida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2020 yil 23 iyundagi 02/011-1817-son ma’lumotnomasi). Natijada, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash jarayonlarini samarali tarzda muvofiqlashtirish, sohada innovatsion yangiliklarni joriy etishni yanada jadallashuvini ta’minlagan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash darajasini oshirishga olib kelgan hamda etishtirilayotgan mahsulotlar tannarxini 10-15 foizga pasayishi, shuningdek, agroresurslarni 15-20 foizga tejash imkonini bergan;
tabiiy iqlim sharoiti, bozorga nisbatan joylashuvi turlicha bo‘lgan meva-sabzavot etishtiruvchi sub’ektlarda teng iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida texnologik  modernizatsiyalash tadbirlarini tabaqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomil-lashtirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi PQ-4239-son “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 3-2/20-178-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etilishi ishlab chiqarish sharoitlari turlicha bo‘lgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashda tabaqalashgan holda yondashuv natijasida ular ko‘rayotgan zararlarni 30-40 foizga kamaytirish, pirovard natijada ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash imkoniyatini yaratgan;
Jizzax viloyati meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash hisobiga mevali bog‘lar va sabzavot ekinlari hosildorligi o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Jizzax viloyatida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar va maqsadli dasturlar”ida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2020 yil 23 iyundagi 02/011-1817-son ma’lumotnomasi). Natijada, meva-sabzavotchilik tarmog‘ini modernizatsiyalash hisobiga 2030 yilda viloyat bo‘yicha sabzavot ekinlari hosildorligi 2021 yildagi 243,5 s/ga. dan 294,5 s/ga. ga, meva etishtirish hosildorligi esa mos ravishda 2021 yildagi 88,9 s/ga. dan 2030 yilda 108,1 s/ga. ga ortishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish