Mirsaidova Xilola Mirdjalalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyatini baholash usullarini takomillashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1346.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari faoliyatini baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“vakolatli davlat organi – shifohona - poliklinika” tibbiy-tashkiliy munosabatlarini huquqiy-iqtisodiy jihatdan shartnoma (kontrakt) asosida tashkil etishning tibbiy-tashkiliy va tibbiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
davolash-profilaktika muassasalari rahbarlarining tibbiy-boshqaruv faoliyatini ularning ma’lumotlik darajasi, xorijiy tilni o‘zlashtirilgani, malaka toifasi, jamoat salomatligi va muassasa (tizim)ni boshqaruvi va ilmiy natijalariga ko‘ra besh ballik tizim bilan baholash asoslangan;
davolash-profilaktika muassasalarini an’anaviy boshqaruv usullariga nisbatan davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam (buyurtma) xajmini aniqlash, moliyalashtirish va bajarilishini nazorat qilish hamda tibbiyot xodimlarini uzluksiz kasbiy malakasini oshirishni shartnoma (kontrakt) asosida tashkil qilishning samarali ekanligi asoslangan;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash kasbiy boshqaruv kompetentlik dasturi tashkilotchilik va iroda kuchi ko‘nikmalari negizida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Davolash-profilaktika muassasalari boshqaruv xodimlarini tashkilotchilik va iroda kuchini aniqlash algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vakolatli davlat organi – shifohona - poliklinika” tibiy-tashkiliy munosabatlarini huquqiy-iqtisodiy jihatdan shartnoma (kontrakt) asosida tashkil etishning tibbiy-tashkiliy va tibbiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2019 yil 17 maydagi 27-sonli “Tasarrufdagi davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini takomillash-tirish borasida davlat buyurtmasi ijrosini kontrakt asosida tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2022 yil 2 iyundagi 01-10/212-son ma’lumotnomasi). Maskur taklifning joriy qilinishi tegishli davolash-profilaktika muassasalarida o‘rin/kunlar va davolangan bemorlar rejasini davlat buyurtmasi shartnoma (kontrakt) shaklida bajarish hamda tibbiyot xodimlarini uzluksiz kasbiy malakasini oshirishning istiqbolli tizimini yaratish imkonini bergan;
davolash-profilaktika muassasalari raxbarlarining tibbiy-boshqaruv faoliyatini besh ballaik tizim aososida baholash hamda davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam (buyurtma) xajmini aniqlash, moliyalashtirish va bajarilishini nazorat qilishni shartnoma (kontrakt) asosida tashkil qilish, shuningdek tashkilotchilik va iroda kuchi ko‘nikmalari bo‘yicha takliflar asosida ishlab chiqilgan «Algoritmi dlya opredeleniya organizovannosti i sili voli sredi rukovoditeley lechebno-profilak-ticheskix uchrejdeniy» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-z/36-son ma’lumotnomasi) hamda sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Farg‘ona va Navoiy viloyatlari tibbiyot muassasalarida amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 maydagi 08-13087-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tibbiyot muassasa-larining tibbiy-tashkiliy ish natijalarining ortishiga hamda Farg‘ona viloyati, Navoiy viloyati davolash-profilaktika muasssaslari boshqaruv xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.