Sherxadjaeva Nozima Nigmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilmiya (Glycyrrhiza Glabra L.) asosidagi tez eruvchan tabletka va granulalarning texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far64.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilmiya quruq ekstrakti asosida mukolitik ta’sirga ega yangi kombinirlangan tez eruvchan tabletka va granulaning ilmiy asoslangan tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mukolitik ta’sirga ega bo‘lgan kombinirlangan balg‘am ko‘chiruvchi «Mukas Forte» tabletka va granula tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya qilinayotgan «Mukas Forte» tabletka va granulalarining sifatini tahlil qilish va standartlash usullari aniqlangan;
biofarmatsevtik tadqiqotlar asosida «Mukas Forte» tabletka va granulalarining yuqori biosamaradorligi isbotlangan;
«Mukas Forte» tabletka shaklidagi dori preparatining o‘ziga xos faolligi va bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.) asosidagi tez eruvchan tabletka va granulalarning texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yo‘talga qarshi tez eruvchan tabletkalar tarkibi»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№FAP 01790, 31.01.2022 y.). Natijada, dorivor o‘simlik xom ashyolari asosida yangi kombinirlangan tez eruvchan tabletkalarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Mukas Forte» tabletkalari uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKning 2022 yil 21 fevralidagi №29/01-62-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Mazkur korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi balg‘am ko‘chiruvchi pediatrik dori preparatlarini ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Mukas Forte» tabletkasi uchun tajriba-sanoat reglamentlari «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 42-03873/15745533-2022). Mazkur, hujjatlarning tasdiqlanishi natijasida balg‘am ko‘chiruvchi dori preparatlari uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
o‘tqazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Mukas Forte» tabletkalarining spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli mukolitik faollikga ega bo‘lgan xavfsiz dorilarni ishlab chiqarish imkonini bergan.