Ziyaev Mavlonbek Abdumajitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «3-nitro- va 2-benzamidobenzoy kislotalarining turli kompleks birikmalari sintezi va kristall tuzilishi», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K322.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxtiyor Tulyaganovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turopovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mardonov O‘ktam Mardonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 3-nitrobenzoy kislota va 2-benzamidobenzoy kislotalarining Co2+, Ni2+, Cu2+ va Zn2+ ionlari va etilendiamin bilan kompleks birikmalarini sintez qilish, kristall va molekulyar tuzilishini kvant-kimyoviy va RTT usullarida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
benzoy kislotalari hosilalari asosida ilk bor 10 ta yangi koordinatsion birikmalari sintez qilingan va ulardan 6 tasining monokristallari o‘stirilib, rentgen tuzilish tahlili yordamida kristall tuzilishi isbotlangan;
mis(II) ionining aralash ligandli [Cu(2-BABK)2(H2O)2EtOH] va [Cu2(C7H4NO4)4(C3H7NO)2]·(C3H7NO)2 tarkibli mono va biyadroli komplekslarida 2-BABK anionining monodentat, 3-NBK anionining bidentat ko‘priksimon koordinatsiyalanishi aniqlangan;
RSA natijalari asosida [Cu(2-BABK)2(H2O)2EtOH] kompleks birikmasida markaziy ion umumiy metalhalqasiz tetragonal piramida qurshovidagi suv molekulari va karboksilat ligandlarning koordinatsiyada ishtirok etmagan O, N atomlari vositasida qo‘shimcha kvazixelat va unga tutash olti a’zoli halqalar yordamida barqaror supramolekulyar tuzilishli kristall modda hosil qilishi isbotlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning geometriyasi, ichki va molekulalararo ta’sir turlari, ularning energiyalari turli (Mercury 2021.3.0 (Build 333817), Olex,  PLATON, XP) dasturlar asosida aniqlangan; 
metall ionlari va komplekslarning gramm musbat bakteriyalarga nisbatan samarali antimikrob faol moddalar ekanligi va bu 3-NBK < metall tuzlari < metallokompleks tartibida  ortib borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
3-nitro- va 2-benzamidobenzoy kislotalari bilan biometallar ishtirokida olingan yangi kompleks birikmalar kristall tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
3 ta yangi sintez qilingan komplekslarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographik Data Centrening 2020 yil 23 sentyabrdagi 2033596-son, 2021 yil 20 oktyabrdagi 2036680-son, 2013 yil 1- oktyabrdagi 964039-son ma’lumotnomalari). Natijada, boshqa o‘xshash birikmalarning fizik-kimyoviy va geometrik kattaliklarini aniqlashda ulardan foydalanish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikma kristall tuzilishidan olingan ma’lumotlaridan №F7-T048 “Yangi supramolekulyar materiallar olish maqsadida ba’zi biologik faol quyi molekulyar organik moddalarning universal klatratogenlar va mikroelementlar bilan kompleks hosil qilishini hamda ularning membranaga nisbatan faolligini tadqiq qilish” (2012-2016 yy.) mazusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 9-sentyabrdagi 4/1255-2459-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2-benzamidobenzoy kislotasi bilan etilendiaminning [C2H10N2]2+[C14H10NO3-]2 tarkibli organik tuzining yangi polimorf modifikatsiyasi va kompleksini olish, uning fazoviy tuzilishini aniqlash, hamda organik tuz tarkibida vodorod bog‘lar tuzilishi va ta’sir mexanizmini yoritish, “struktura- biofaollik” bo‘yicha yangi preparatlar yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish