Abdullaev Mirjamol Mirkamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazining infratuzilmasini shakllantirish hamda resurslarini taqdim etish model va algoritmlari”, 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2392.
Ilmiy rahbar: Xujamatov Xalimjon Ergashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saidaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sagatov Miraziz Varisovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi samaradorligini oshirish imkonini beruvchi infratuzilmani shakllantirish hamda resurslarni taqdim etish usul va algoritmlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taqsimlangan bulutli ma’lumot markazining dislokatsiyalangan resurslarini markazlashgan boshqaruv mexanizmli taqdim etish modeli ishlab chiqilgan;
graf nazariyasi orqali taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘ining topologik strukturasini yaratish usul ishlab chiqilgan;
taqsimlangan bulutli ma’lumot markazining axborot resurslarini replikatsiyalash orqali xotira maydonlariga ma’lumotlarni taqsimlash algoritmi ishlab chiqilgan;
taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi resurslarini oldindan taqdim etish orqali foydalanuvchi so‘rovlariga samarali xizmat ko‘rsatish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazining infratuzilmasini shakllantirish hamda resurslarini taqdim etish model va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
graf nazariyasi orqali taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘ining topologik strukturasini yaratish va taqsimlangan bulutli ma’lumot markazining axborot resurslarini replikatsiyalash orqali xotira maydonlariga ma’lumotlarni taqsimlash usul va algoritmlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «O‘zbektelekom» AK Xorazm filialiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 33-8/6679-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tarmoq ichida ma’lumot uzatish tezligi 11-12 % gacha oshirish imkonini bergan;
taqsimlangan bulutli ma’lumot markazining dislokatsiyalangan resurslarini markazlashgan boshqaruv mexanizmli taqdim etish modeli hamda taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi resurslarini oldindan taqdim etish orqali foydalanuvchi so‘rovlariga samarali xizmat ko‘rsatish algoritmi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zTTBRM” DUK ga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 33-8/6679-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida foydalanuvchilarning so‘rovlarini taqsimlangan bulutli ma’lumot markazida bo‘lish vaqtini 9-11 % gacha kamaytirish imkonini bergan;
taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi resurslarini oldindan taqdim etish orqali foydalanuvchi so‘rovlariga samarali xizmat ko‘rsatish dasturiy ta’minotlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «New Line Solutions» MChJ ga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 33-8/6679-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida resurslaridan foydalanish samaradorligini 10-11 % gacha oshirgan.