Tursunova Malikaxon Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida diplomatik faoliyatini huquqiy tartibga solish”, 12.00.10 - Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu319.
Ilmiy rahbar: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik  xizmati faoliyatini tashkil qilishning huquqiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha taklif  va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
diplomatik xizmatga kadrlarni konkurs asosida qabul qilish, qaror qabul qilinganlarning yuridik mas’ulligi, diplomatik xizmat xodimlarining vazifalari, vakolati, immuniteti va imtiyozlari kabilarni suiste’mol qilgani uchun yuridik javobgarlikka tortish kabi normalarni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga vakolatlar taqdim etish zaruriyatisiz tegishli hollarda respublikaning xalqaro shartnomalari bo‘yicha muzokaralar olib borish va hujjatlarni imzolash, xalqaro tashkilotlarda yoki nufuzli tadbirlarda ishtirok etishini e’tiborga olgan holda takomillashtirish asoslangan;
diplomatik va konsullik muassasalari rahbarlarining alohida hollarda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar berish to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish huquqini, 24 soat ichida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga viza berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabarnoma yo‘llash sharti bilan, qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlash talabi asoslab berilgan;
Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik xizmatining vakant lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish va xodimlarning rotatsiyasini tashkil qilish, diplomatik xodimlarning malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbekiston Respublikasida diplomatik faoliyatini huquqiy tartibga solish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida;
diplomatik xizmatga kadrlarni qabul qilish, xodimlarning yuridik mas’ulligi, vazifalari, vakolati, immuniteti va imtiyozlari kabilarni suiste’mol qilgani uchun yuridik javobgarlikka tortish, Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga vakolatlar taqdim etish zaruriyatisiz respublikaning xalqaro shartnomalari bo‘yicha muzokaralar olib borish va tegishli hujjatlarni imzolash, xalqaro tashkilotda yoki boshqa nufuzli tadbirlarda ishtirok etishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 fevraldagi 518-sonli “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi, 4-qismi oltinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2021 yil 7 iyundagi 10/1-09-31-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarda foydalanish diplomatik xizmatga malakali xodimlarni qabul qilish sifati oshishi negizida faoliyat samaradorligi va diplomatik vakolatxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarning sifatli ta’minotini ta’minlashga xizmat qilgan;
diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari rahbarlarining alohida hollarda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar berish to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish kabi masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi 2021 yil 4 iyundagi 692-sonli Qonunining 8-moddasi 1-bandida, 28-moddasi 6-bandida foydlanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 7 iyundagi 02/5-663-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish konsullik xizmatlari tomonidan respublika fuqarolariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, vizalar berish jarayoni shaffofligini oshirish va diplomatik-konsullik xizmat faoliyatida byurokratik jarayonlarni bartaraf etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish