Abdug‘aniev Otabek Allajonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ekonometrik modellari”, 08.00.06 – Ekonometrika va ctatictika (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt346.
Ilmiy maslahatchi: Toshkulov Abduqodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Termiz davlat universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Muhitdinov Xudayar Suyunovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisod fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samaradorligini iqtisodiy-statistik tahlil etish uslubiyatini takomillashtirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hicoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining iste’mol indeksini baholash ko‘rsatkichlarining har biri bo‘yicha eng katta va eng kichik ballarini aniqlashda sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aholini iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda individual narx indekslarining o‘rtacha bo‘lmagan arifmetik qiymatini samaradorlik mezonlariga ko‘ra hisoblashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini aniqlashda tibbiy va iqtisodiy jihatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni e’tiborga olib, xatolar kvadratlari yig‘indisi asosida minimallashtirilgan adaptiv ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini etishtirish samardorligini oshirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishda o‘sish nuqtalarini asosida o‘zaro mutanosiblikda rivojlantiruvchi algoritmini qo‘llashda raqamlashtirish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining iste’mol indeksini baholash ko‘rsatkichlarining har biri bo‘yicha eng katta va eng kichik ballarini aniqlashda sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish bo‘yicha takliflar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini sifat ko‘rsatkichlarini prognozini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 03/038-5098-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashning optimal usullari aniqlangan;
aholini iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda individual narx indekslarining o‘rtacha bo‘lmagan arifmetik qiymatini samaradorlik mezonlariga ko‘ra hisoblash bo‘yicha takliflar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlashda, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan prognoz loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 03/038-5098-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini tavsiflash, mavjud zahiralarni belgilashda statistik axborotlar bazasini kengaytirish va ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniyatlari yaratilib 2020 yilda 2019 yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish samaradorligini 3% ga oshirishga erishilgan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini aniqlashda tibbiy va iqtisodiy jihatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni e’tiborga olib, xatolar kvadratlari yig‘indisi asosida minimallashtirilgan adaptiv ekonometrik modellari Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 03/038-5098-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tahlil qilish jarayonini soddalashtirish hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyatlarini oshishiga xizmat qilgan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini etishtirish samardorligini oshirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 03/038-5098-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan.
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishda o‘sish nuqtalarini asosida o‘zaro mutanosiblikda rivojlantiruvchi algoritmini qo‘llashda raqamlashtirish Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 03/038-5098-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini 5-7 foizga oshirishga erishilgan.