Kobilov Nodirbek Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neftegaz quduqlarini burg‘ulashda qo‘llaniladigan og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalari uchun kompozision kimyoviy reagentlar ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T23.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft`-gaz quduqlarini burg‘ilashda qo‘llaniladigan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari uchun kompozision kimyoviy reagentlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor neft`-gaz quduqlarini burg‘ilashda ishlatiladigan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari uchun foydalaniladigan organomineral ingredientlarning tabiati, tuzilishi, miqdori va tarkibiga bog‘liq holda ularning texnologik ko‘rsatkichlari zichlik, qovushqoqlik, suv uzatish, siljishning statik kuchlanishining qiymatlari asosida kimyoviy reagentlarning texnologik xossalari aniqlangan;
og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarining texnologik xossalari og‘irlashtiruvchilarning turi, miqdori va tabiatini tanlash orqali boshqarish isbotlangan;
og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarining texnologik xossalariga mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosidagi organomineral ingredientlarning ta’sir qonuniyatlariga asoslangan va oldindan belgilangan xususiyatlarga ega kompozision kimyoviy reagentlar olish mumkinligi asoslangan;
og‘ir tog‘-geologik sharoitlardagi neft`-gaz quduqlarni burg‘ilashda ishlatiladigan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari uchun mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida olingan import o‘rnini bosadigan eksportga yo‘naltirilgan kompozision kimyoviy reagentlarning yangi tarkiblari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy reagentlar va mineral og‘irlashtiruvchilarning fizik-kimyoviy xossalarining o‘ziga xosligi tufayli og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarida yuqori barqarorlashtiruvchi xususiyatning kelib chiqishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar va ishlab chiqarish chiqindilari asosida neft`-gaz quduqlarini burg‘ilashda ishlatiladigan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari uchun kompozision kimyoviy reagentlar ishlab chiqishdagi olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ilash eritmasi uchun kukunsimon suvda eriydigan gossipol smola olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05046, 2015). Natijada yaratilgan kompozision kimyoviy reagentlar asosida olingan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarini neft`-gaz quduqlarini burg‘ilashda ishlatish yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
yaratilgan kompozision kimyoviy reagentlar asosida olingan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari «O‘zburg‘uneftgaz» AJ tizimida amaliyotga joriy etilgan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning
2017 yil 23 oktyabrdagi 08/MCh-1163-son ma’lumotnomasi). Natijada burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan halokatlarning oldi olingan va og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmasining barqarorlik ko‘rsatkichini 1,2–1,4 marotabaga kamaytirish imkonini bergan.