G‘ulomova Gulnora Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy ko‘mir va neft qoldiqlari asosida olingan uglerodli adsorbentlarning kolloid kimyoviy xossalari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/K467.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ko‘mir (Angren BPK), neft koksi va asfal`ten asosida uglerodli adsorbentlar olish usullarini ishlab chiqish hamda, benzol va toluol molekulalari adsorbsiya izotermalari, differensial issiqliklari, entropiyalari va termokinetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy ko‘mir (50%), neft koksi (30%) va asfal`ten (20%) 5:3:2 nisbatdagi aralashmalarini 4000S, 6000S, 8000S haroratlarda qizdirilib uglerodli adsorbent namunalari olingan va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
mahalliy ko‘mir, neft koksi va asfal`ten aralashmalarining haroratga bog‘liq holda massa yo‘qotilishi va sirt yuzalarining o‘zgarish asosida, uglerodli adsorbent olishning optimal sharoiti aniqlangan;
faollantirilgan uglerodli adsorbentga benzol va toluol bug‘i adsorbsiyasi izotermalari mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasi (MHTN) matematik tenglamalari asosida tavsiflangan, bunga ko‘ra logarfimik bosim qiymatlariga asoslanib mikro va mezog‘ovaklariga adsorbsiyalanishi aniqlangan;
olingan faollantirilgan uglerodli adsorbentga jami 4,5 mmol`/g benzol, 3,5 mmol`/g toluol molekulalari hamda shundan 3,8 mmol`/g benzol va 3,3 mmol`/g toluol molekulalari mikrog‘ovaklarga adsorbsiyalanishi isbotlangan;
mahalliy ko‘mir, neft koksi va asfal`ten asosida yuqori sorbsion hajmga ega faollantirilgan uglerodli adsobentlar olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy ko‘mir, neftning qoldiq mahsulotlari koks va asfal`tdan ko‘mir adsorbentini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan faollantirilgan uglerodli adsorbent neftni qayta ishlashda chiqadigan sanoat oqova suvlar tarkibidagi aromatik uglevodorodlardan benzol, toluol molekulalarini tozalash usullari «Chinoz NQIZ» MChJning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 6 oktyabridagi 28-1-01/768-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlashda chiqadigan sanoat oqova suvlarni aromatik birikmalar, ularning gomologlari va boshqa moddalardan tozalash darajasini 5-6 barobarga oshirish imkonini beradi;
olingan faollantrilgan uglerodli adsorbent neftni qayta ishlashda chiqadigan sanoat oqova suvlar tarkibidagi og‘ir metall (Ag+ (nodir metall), Cu2+ (rangli metall), Zn2+, Pb2+, Al3+) ionlaridan tozalash usullari «Chinoz NQIZ» MChJning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 6 oktyabridagi 28-1-01/768-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Chinoz NQIZ” MChJ idan chiqadigan sanoat oqova suvlar tarkibidagi metall ionlaridan tozalash va qayta ishlangan suvning tozalik darajasi GN2.1.5.689-98 me’yoriga mos kelishini aniqlash imkonini bergan.