Axmedov Askar Gil`manovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning Qizilqum cho‘li chumolilari (Hymenoptera: Formicidae)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V394.
Ilmiy rahbar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minov Boqijon Alimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Qizilqum cho‘li hududidagi chumolilarning tur tarkibini, ekologik xususiyatlarini hamda zoogeografik taqsimlanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston qismida chumolilar faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 3 ta kichik oila 17 ta avlodga mansub chumolilarning 50 turi aniqlangan;
ilk bor dunyo faunasi uchun Messor incorruptus karakattinus Akhmedov, 2020 1 ta kenja tur tavsiflangan;
Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston qismida qayd etilgan Tetramorium ferox oides, Messor subgracilinodis va Messor incorruptus var. karakattinus chumoli turlari O‘zbekiston faunasi uchun birinchi bor aniqlangan;
O‘zbekistondagi Qizilqum cho‘li sharoitida chumolilarning landshaft bo‘yicha tarqalishi aniqlangan;
Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston qismida yashovchi chumoli turlarining asosiy ekologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston qismidagi chumolilari (Hymenoptera, Formicidae) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chumolilarning 3 kichik oila17 avlodga tegishli 50 turiga mansub 470 nusha hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi 4/1255-2479-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Qizilqum cho‘li hududida bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan.
chumolilarning tarqalishini aks ettiruvchi 6 ta biotsenotik va 5 ta trofik aloqalariga ko‘ra guruhlarga ajratish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 dekabrdagi 02-03/1-3110-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududlari bo‘ylab hasharotlarni bioxilma-xilligini saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Qizilqum cho‘li hududida tarqalgan kamyob chumolilarning 2 ta turi - Tetramorium nitidissimum Emery, 1924 va Leptanilla alexandri Dlussky, 1969 Qizil kitobga kiritish uchun va 3 ta endemik kamyob turlarini O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish va kamyob turlarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 dekabrdagi 02-03/1-3110-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qizilqum cho‘li sharoitida antropogen bosim hududlarida tarqalgan 50 turdagi chumolilarning himoyaga muhtoj 3 ta turining populyasiyalari holatini baholash va ularni saqlab qolish imkonini bergan.