Muradkasimova Kamola Shuxratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak mutaxassislarning baholash kompetensiyasini takomillashtirish konsepsiyasi», 13.00.02¬– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped228.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dr.Michael Clarke, pedagogika fanlari doktori (Angliya); Dr.Eric D.Torres, pedagogika fanlari doktori (AQSh).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarning baholash kompetensiyasini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor baholash jarayoni nazariyasi genezisi xalq pedagogikasi, qadimgi davr, klassik va yangi rivojlanish davrining didaktik tavsiflari mujassamlashgan milliy tadrijiy retrospektiv portretini aniqlash orqali asoslangan;
pedagoglarning kasbiy sifat, kognitiv daraja, assesment tuzish, sinovdan o‘tkazish va qo‘llashning amaliy bosqichlari hamda sifat ko‘rsatkichlarining integratsiyasi asosida baholash kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodologik ta’minot takomillashtirilgan;
xalqaro baholash standart ko‘rsatkichlari talablarini milliy standart kontekstiga tatbiq qilish zarurati asosida pedagoglarning baholash kompetensiyasini takomillashtirishda maqsadli, metodologik, tashkiliy, analitik, refleksiv komponentlar hamda kognitiv, metakognitiv, affektiv indikatorlarni o‘z ichiga olgan spektrli model` ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘qitish natijalari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini validatsiya qilishning besh fazalik tizimi ehtiyojlar tahlili, test yaratish, testni sinovdan o‘tkazish, qayta aloqaning ta’siri va klassifikator talablari asosida ishlab chiqilgan;
xalqaro standartlarni joriy etishda baholash konsepsiyasini loyihalash jarayoni bosqichlarini asoslash orqali pedagogik baholash kompetensiyasini takomillashtirish konsepsiyasi uzviyligini ta’minlashga qaratilgan didaktik va metodik vazifalar hamda takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarning baholash kompetensiyasini takomillashtirish konsepsiyasi mavzusidagi ilmiy tadqiqot asosida:
baholash jarayoni nazariyasi genezisi aniqlashtirilgan xalq pedagogikasi, qadimgi davr, klassik va yangi rivojlanish davrining ijtimoiy tavsiflar mujassamlashgan retrospektiv portretiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2690/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada Innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyasi oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
ehtiyojlar tahlili, test yaratish, testni sinovdan o‘tkazish, qayta aloqaning ta’siri va klassifikator talablari asosida yaratilgan o‘qitish natijalari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini validatsiya qilishning besh fazalik tizimiga oid xulosalardan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL «Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes» loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2631/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning baholash kompetensiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minotining innovatsion texnologiyalar orqali takomillashuviga erishilgan;
pedagogik baholash kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha metodik taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida o‘quv dasturlarining uzviyligini ta’minlash konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022 yil 24 yanvardagi 03 20-son ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz ta’lim tizimi pedagog kadrlarining baholash kompetensiyasiga qo‘yilgan talablar mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasbiy sifat, kognitiv daraja, assessment tuzish, sinovdan o‘tkazish va qo‘llash amaliy bosqichlari hamda sifat ko‘rsatkichlarining integratsiyasi asosida takomillashtirilgan pedagoglarda baholash kompetensiyasi kasbiy standart natijalaridan Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining «Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)» ta’lim yo‘nalishida 3.1. Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari modulini o‘qitishda hamda 3.3. Til kompetensiyalarini baholash mexanizmlari modullari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarini tuzishda keng foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 18 maydagi 10-06/34-son ma’lumotnomasi). Natijada modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualar mazmunan boyitilgan.