Saidov Akrom Akmalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahkumlar bilan muomalada bo‘lishning xalqaro andozalari va O‘zbekistonning jinoyat-ijroiya siyosati», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat ijroiya-huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu716.
Ilmiy rahbar: Axrarov Baxrom Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 32/30.12.2020.Yu/74.01.
Rasmiy opponentlar: Taxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor; Usmonov Doniyor Maxmudovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi mahkumlar bilan muomalada bo‘lishning xalqaro andozalari va O‘zbekistonning jinoyat-ijroiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“jinoyat-ijroiya siyosati” tushunchasiga “davlatning jazoni ijro etish sohasidagi faoliyati maqsadlari, prinsiplari, strategiyasi, asosiy yo‘nalishlarini hamda jazoni o‘tashning asosiy shakl va usullarini belgilab beradi” mazmunida mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
mahkumlarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan ko‘rib chiqilishi, mahkumlarni rag‘batlantirish masalalari, shu jumladan qo‘llanilayotgan rag‘batlantirish choralarining Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi asoslangan;
jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani (xabarni) ko‘rib chiqishi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida yoxud ularni qo‘llashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qilishi, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror darhol qabul qilinishi lozimligi asoslab berilgan;
jazoni ijro etish muassasasida xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkinligi, shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozimligi asoslab berilgan;
bola huquqlari bo‘yicha vakilning bola huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni qonun hujjatlariga tatbiq etish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bilan bog‘liq vazifasini belgilash zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahkumlar bilan muomalada bo‘lishning xalqaro andozalari va O‘zbekistonning jinoyat-ijroiya siyosati bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari quyidagilarda foydalanilgan:
“jinoyat-ijroiya siyosati” tushunchasiga “davlatning jazoni ijro etish sohasidagi faoliyati maqsadlari, prinsiplari, strategiyasi, asosiy yo‘nalishlarini hamda jazoni o‘tashning asosiy shakl va usullarini belgilab beradi” mazmunida berilgan mualliflik ta’rifi “Inson huquqlari umumiy nazariyasi” darsligi va “Inson huquqlari umumiy nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, IIV Akademiyasi o‘quv jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining 2022 yil 21 apreldagi dalolatnomasi). Ushbu nashrlar ta’lim jarayonini uslubiy ta’minlashga xizmat qilgan;
mahkumlarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan ko‘rib chiqilishi, mahkumlarni rag‘batlantirish masalalari, shu jumladan qo‘llanilayotgan rag‘batlantirish choralarining Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 iyundagi O‘RQ–625-son Qonuni 1-moddasining 6-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 18.02.2022 yildagi 06/1-05/771-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani (xabarni) ko‘rib chiqishi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida yoxud ularni qo‘llashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qilishi, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror darhol qabul qilinishi lozimligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 iyundagi O‘RQ–625-son Qonuni 1-moddasining 1-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 19 fevraldagi 06/1-05/772-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasasida xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkinligi, shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozimligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 iyundagi O‘RQ–625-son Qonuni 1-moddasining 1-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 19 fevraldagi 06/1-05/772-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
bola huquqlari bo‘yicha vakilning bola huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni qonun hujjatlariga tatbiq etish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bilan bog‘liq vazifasini belgilash lozimligi bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 29 maydagi PQ-4736-son Qarorining 2-bandi, ettinchi xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakilning 2021 yil 18 apreldagi 02-07/286-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.