Kambarov Baxtiyor Akbaralievichning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «To‘rt g‘ildirakli chopiq traktorining manyovrchanligi va o‘tuvchanligini oshirishning ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2021.4. DSc/T376 
Ilmiy maslahatchi: Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Auezov Ongarbay Pirleshovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Asqarxodjaev To‘lqin Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keng qamrovli ekish va chopiq agregatlari tarkibida ishlatiladigan to‘rt g‘ildirakli chopiq traktorining manyovrchanligi va o‘tuvchanligini oshirishning ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish orqali ularning ish sifat ko‘rsatkichlari hamda samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
4K2 va 4K4 g‘ildirak formulali chopiq traktorlarini baland agrotexnikaviy tirqishli portal turdagi oldingi o‘q va yetakchi ko‘prikning konstruksiyasi g‘o‘za qator oralariga mos tushishi va etilgan o‘simliklarni kam shikastlanishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
to‘rt g‘ildirakli chopiq traktorining manyovrchanlik sifatlari yo‘naltiruvchi g‘ildiraklar, oldingi o‘q va yetakchi ko‘prik hamda rul trapesiyalarining qiymatlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
to‘rt g‘ildirakli chopiq traktori bazasida tuzilgan keng qamrovli agregatning eng kichik burilish radiusi uning qayrilish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
baland agrotirqishli chopiq traktoriga o‘rnatilgan shinalarning turi va parametrlari traktorning agrotexnologik va kinematik ko‘rsatkichlari hisobga olgan holda asoslangan;
chopiq traktorlarining ko‘ndalang statik turg‘unlik ko‘rsatkichlari uning g‘ildirak formulalarini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baland agrotexnik tirqishli to‘rt g‘ildirakli chopiq traktorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chopiq traktorlariga oldingi o‘q va yetakchi ko‘priklarning yangi texnik echimiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patent(№FAP 00893, №FAP 00971, №FAP 01531)lar olingan. Natijada keng qamrovli mashinalarni agregatlaydigan, to‘liq yillik bandlik darajasiga ega 4K4 g‘ildirak formulasidagi istiqbolli chopiq traktorining manyovrchanligi, o‘tuvchanligi va barqaror harakatini oshiradigan agrotexnik tirqishi baland oldingi yetakchi ko‘prikning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
baland agrotexnik tirqishli (4K2 va 4K4) chopiq traktorlari Yangiyo‘l va Quyichirchiq tumanlari fermer xo‘jaliklari va QXMITI tajriba xo‘jaligi dalalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 avgustidagi 02/023-3564-son ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘i sarfi 9 foizga, mehnat sarfini 23,1 foizga hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspluatatsion xarajatlarni 18,1 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
4K4 g‘ildirak formulali baland agrotexnik tirqishga ega chopiq traktori Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (QTTSM)da sinovlardan o‘tgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 avgustidagi 02/023-3564-son ma’lumotnomasi). Natijada traktorning ko‘ndalang turg‘unligini me’yor talablarga mosligi va nihollarga zarar etkazmasdan qator oralarga ishlov berilishi ta’minlangan;
to‘rt g‘ildirakli chopiq traktoriga baland agrotexnik tirqishli oldingi o‘q va yetakchi ko‘prik hamda rul yuritmalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriqlar va chizmalar) va hisoblash usullari «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ va «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan («Traktor» Maxsus konstruktorlik byurosining 2014 yil 24 dekabrdagi 26-534-son va «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJning 2020 yil 22 dekabrdagi 405-son ma’lumotnomalari). Natijada to‘rt g‘ildirakli chopiq traktorining manyovrchanligi, o‘tuvchanligini va turg‘unligini oshiradigan baland agrotexnik tirqishli oldingi o‘q va yetakchi ko‘prik hamda rul yuritmalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish