Narzullaev Boburjon Shirinboy o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asinxron motorlarning energomexanik ko‘rsatkichlarini monitoringi asosida texnik holatini diagnostika qilish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.RhD/T1619.
Ilmiy rahbar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asinxron motorlarning energomexanik ko‘rsatkichlarini monitoringi asosida ularning texnik holatini keng diapazonda diagnostika qilish imkonini beruvchi qurilma yaratish hamda tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr texnologik qurilmalar yuritmalarining elektr va mexanik ko‘rsatkichlari o‘zgarishini hisobga olgan holda ularning qizish haroratlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
mashinasozlik korxonalarida detallarga ishlov berish qurilmalarining elektr energiyasi sarfini aniqlash usuli elektr energiyasiga ta’sir etuvchi atrof-muhit harorati, metalning zichligi va massasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
asinxron motorlarning energomexanik tavsiflari asosida motorning texnik holatini keng diapazonda diagnostika qilish hamda ish rejimlarini optimal boshqarish imkonini beruvchi qurilma yaratilgan;
asinxron motorlarning texnik holatini diagnostika qiluvchi qurilmaning ishlash algoritmi va dasturiy ta’minoti motorning elektr, issiqlik hamda mexanik ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dastgoh elektr motorlarining elektr va mexanik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish asosida ularning texnik holatini diagnostika qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mashinasozlik zavodlaridagi dastgohlarning mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan elektr energiya solishtirma sarfini va elektr motorlarining qizish haroratini texnik va elektr ko‘rsatkichlari asosida aniqlashning matematik modellari Navoiy mashinasolik zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning 2022 yil 24 yanvardagi 02-01-01/127-son ma’lumotnomasi). Natijada dastgohlar uchun sarflanadigan elektr energiya iste’molini hisoblashning aniqlik darajasini 5 foizga oshirish imkonini bergan;
mashinasozlik zavodlaridagi dastgoh elektr motorlarining elektr, mexanik va issiqlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish asosida ularning texnik holatlarini keng diapazonda diagnostika qilish orqali elektr motorlarining ta’mirlashsiz xizmat muddatini oshirish imkonini beruvchi qurilma Navoiy mashinasolik zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning («Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning 2022 yil 24 yanvardagi 02-01-01/127-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr motorlarining ta’miri uchun sarflanadigan xarajatlar hisobidan bir yilda 102 059 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
elektr motorlarining elektr, mexanik va issiqlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish asosida ularning texnik xolatini diagnostika qiluvchi ZM307A qurilmasining elektr sxemasi, algoritmi va dasturiy ta’minoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘rsatma Navoiy mashinasolik zavodida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati»ning 2022 yil 24 yanvardagi 02-01-01/127-son ma’lumotnomasi). Natijada ZM307A qurilmasini istalgan quvvatli mexanizmlarning motorlariga qo‘llashda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish hamda ish jarayonida boshqarish imkonini bergan.