Kuchkarova Dilnoza Toptievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pilla chuvish korxonalarining energiya iste’moli me’yorini hisoblash usulini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1968.
Ilmiy rahbar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi energetika muammolari instituta xuzuridagi DSC.02/30.12.2021.T.143.01
Rasmiy opponentlar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Ikromjon Usmonovich, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik – texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pilla chuvish korxonalarining energiya iste’moli me’yorini hisoblash usulini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirish orqali energiya hamda resurslarni tejash masalalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pilla chuvish korxonalarining energiya iste’moli me’yorini hisoblash usuli pillani dastlabki qayta ishlashdagi elektr yuklamalarni chuvish tezligiga muvofiq rostlashni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
energiya iste’moli ko‘rsatkichlarini prognozlash va solishtirma qiymatlarini hisoblash ifodalari pilla chuvishning energotexnologik sxemasi asosida ishlab chiqilgan;
pilla chuvish korxonalarining energiya samaradorligini nazorat qilish va boshqarish tizimining matematik modeli energetik sarflar va tejamkorlik potensialini hisobga olib yaratilgan;
pilla chuvish mashinasining asinxron elektr yuritmasini chastotaviy rostlashni e’tiborga olgan holda, ipak sifatini oshiruvchi energiya va resurs tejamkor ish rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pilla chuvish korxonalarining energiya iste’moli me’yorini hisoblash usulini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini me’yorlash, prognozlash, energiya ko‘rsatkichlarini baholash usullari va ipakchilik korxonalarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari, ishlab chiqarishni optimallashtirish, ipak chuvish asosiy texnologik mexanizmlarining elektr yuklamalari va energiya sarfi rejimlari bo‘yicha “NURLI TONG SILK” MChJ va “VODIL IPAK YIGIRUV” MChJ korxonalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 27 iyuldagi 4-2/1144-son ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanishlar natijasida energiya ko‘rsatkichlarini aniq hisoblash va tahlil qilishni amalga oshirish imkoni yaratish mumkin bo‘lgan ushbu korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda 1,07 ... 1,15 marta ko‘paytirishga erishilgan;
ipak chuvish mashinalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli boshqarish va tejamkor xususiyatlarga ega asinxron elektr yuritmasini takomillashtirish asosida amalga oshiriladigan energiya va resurs samarador rejimlari “NURLI TONG SILK” MChJ va “VODIL IPAK YIGIRUV” MChJ korxonalarida joriy etilgan. (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 27-iyuldagi 4-2/1144-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari chuvish tezligi ikki baravar o‘zgarishining xom ipak ipini chiqishiga ta’sir etmasligiga, yillik energiya iste’molini o‘rtacha 11 foizga kamayishiga hamda takomillashtirilgan elektr yuritmaning narxini xorijiy analoglaridan 1,5 baravar arzonlashtirilishiga imkon bergan.