Yakubdjanov Ravshan Raximdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Metabolik sindromli qo‘l-oyoqlarining uzun suyaklari singan bemorlarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib368.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Miramonov Aleksandr Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Olmaota davlat vrachlar malakasini oshirish instituti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metabolik sindrom xolatida uzun suyaklar sinishlarini differensiyalashgan xirurgik yondashuv orqali davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oyoq-qo‘l suyaklari sinishlari bo‘lgan bemorlarda metabolik sindromning komorbidlik kategoriyasi va potensial asoratlar rivojlanishi xavfini aniqlash nomogrammasiga asoslangan  xirurgik davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
oyoq-qo‘l suyaklari sinishlari bo‘lgan bemorlarda arterial bosimning giper-, gipo- va eukinetik turlari, yosh, tana vazni indeksining semizlik darajasi, qondagi qand miqdorining 6,1 mmol`/ldan yuiori glikemik xolati kabi asoratlar rivojlanishining kategoriyalarga ajratilgan xavf parametrlari aniqlangan;
bemorning umumiy xolati xamda nishon-organlarning shikastlanish darajasi, bemor yoshi, asoratlar potensial xavfining mavjudligi va ularning birgalikda kechishi darajasini aniqlash yordamida diagnostika va prognozlash taktikasi asoslangan;
insulinrezistentlik glikemiya darajasiga va arterial bosimning giper-, gipo- va eukinetik turlarini inobatga olgan xolda selektiv agonistlar va qisqa ta’sirli adrenoblokatorlar yordamida korreksiya qilish taktikasi asoslangan va oyoq-qo‘l uzun suyaklari sinishlarini davolashda uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Metabolik sindromli oyoq uzun suyaklari sinishlari  bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
metabolik sindromli oyoq uzun suyaklari sinishlari bo‘lgan bemorlarda xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Metabolik sindromli bemorlarda oyoq uzun suyaklari sinishlarini xirurgik davolash taktikasini tanlash usuli» nomli Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06614, 17.11.2021 y.). Olingan natijalar bemorlarda komorbidlik kategoriyasini xisobga olgan xolda suyak sinishlarini xirurgik davolash usulini to‘g‘ri tanlashga va oyoqlar funksiyasini tiklash natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
metabolik sindromli oyoq uzun suyaklari sinishlari bo‘lgan bemorlarda diagnostika va xirurgik davolash usullarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Metabolik sindrom xolatida uzun suyaklar sinishlarini xirurgik davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bemorlarda intra- va postoperatsion asoratlarni kamaytirishga yordam beruvchi differensiallangan yondashuvni qo‘llash uchun imkon bergan.
uzun suyaklar sinishlarini xirurgik davolash usullarini tanlash va takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari sog‘likni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan Samarqand viloyati ortopediya va jaroxatlar asorati shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali,  Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 apreldagi 08-15-10953-son ma’lumotnomasi). Tadbiq etilgan ilmiy natijalar metabolik sindromli qo‘l-oyoqlarining uzun suyaklari singan bemorlarda asoratlar sonini 1,91 martaga (r=0,05) kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish