Shaymardanova Mohichehra Almardanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida monokal`siy- va monokaliyfosfat ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1277.
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xolto‘ra Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shamshiddinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ozuqabop tozalikdagi monokal`siyfosfat va konversiya usuli yordamida monokaliyfosfat olishning maqbul texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ fosforitidan olingan, ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan EFKning kimyoviy tarkibi va xossalariga bug‘latish hamda ohaktoshni ftor va sul`fat anionlaridan tozalangan EFK bilan parchalab ftorsizlantirilgan donodor monokal`siyfosfat olish jarayonlarining maqbul sharoitlari va texnologik omillarning ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
siklik usulda ohaktoshni ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan EFKning yuqori me’yorlarida parchalab ftorsizlantirilgan ozuqabop, kristall monokal`siyfosfat olishning maqbul texnologik omillari aniqlangan;
ohaktoshni stexiometrik va yuqori me’yorlarda ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan EFK bilan qayta ishlab mos ravishda ftorsizlantirilgan, ozuqabop, donodor hamda ozuqabop kristall monokal`siyfosfat ishlab chiqarishning moddiy balanslari tuzilgan va texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
flotatsion kaliy xloridni MQ fosforitidan olingan mononatriyfosfat eritmasi bilan konversiya qilib monokaliyfosfat olish jarayoni nazariy asoslangan va maqbul texnologik omillari aniqlangan;
flotatsion kaliy xloridni mononatriyfosfat eritmasi bilan konversiya qilib monokaliyfosfat ishlab chiqarishning moddiy balansi tuzilgan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ozuqabop tozalikdagi monokal`siyfosfat va xlorsiz, suvda eruvchan monokaliyfosfat o‘g‘itini olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ohaktoshni ftorsizlantirilgan va sul`fatsizlantirilgan EFK va konsentrlangan fosfor kislotasi bilan qayta ishlash texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 11-yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada, ohaktosh hamda ftor va sul`fatlardan tozalangan EFKdan ozuqabop tozalikdagi monokal`siyfosfat ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi;
xlorsiz, fosforkaliyli o‘g‘it-monokaliyfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 11-yanvardagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomchilatib sug‘orish va gidroponika uchun suvda to‘liq eriydigan, xlorsiz kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish