Ziyaev Zafarjon Mashrapovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi bug‘doyning zang kasalliklarga chidamli boshlang‘ich manbalarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx77.

Ilmiy rahbar: Amanov Amir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Hazrati Bashir» kuzgi bug‘doy navi, № NAR 00124, 2013 y., 27 noyabr`.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 8 noyabrdagi 02-11/2998-son ma’lumotnomasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: zang kasalliklariga chidamli, tezpishar, yuqori don sifatiga va xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan bug‘doy navini yaratish hamda genetik-seleksion jarayonlarga boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

rayonlashgan, istiqbolli va yangi bug‘doy navlari tizmalarining qimmatli xo‘jalik belgilari, zang kasalliklari bilan kasallanish darajasi va ularning genotipiga bog‘liqligi aniqlangan;

nav namunalarining unib chiqish fazasi va dala sharoitida zang kasalliklariga chidamliligini kompleks immunologik baholash asosida 13 ta manba yaratilgan;

izogen tizmalar asosida amaliy seleksiya uchun Yr 5, Yr 10 va Yr 15 genlari sariq zang kasalligining mahalliy biotiplariga to‘liq chidamlilikni namoyish etishi aniqlangan;

«Hazrati Bashir» navining duragay avlodlarida sariq zang kasalligiga chidamliligi bo‘yicha dominantligi va ular 2 yoki 3 dan ortiq genlarning komplementar ta’sirida irsiylanishi aniqlangan;

boshlang‘ich manba sifatida tanlangan zang kasalliklarga chidamli nav namunalarni tur ichida chatishtirish asosida kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega «Hazrati Bashir» navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kuzgi bug‘doyning yuqori va sifatli seleksion ashyolarini yaratish hamda  tur ichida murakkab duragaylash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, zang kasalliklarga chidamli, tezpishar kuzgi bug‘doyning «Hazrati Bashir» navi yaratilgan va ushbu nav uchun Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan («Hazrati Bashir»  № NAR 00124). Sariq zang kasalligiga chidamli kuzgi bug‘doyning «Hazrati Bashir» navini ekish orqali 8–10 sentnergacha don hosilini saqlab qolishga erishilgan;

 yangidan yaratilgan kuzgi bug‘doyning «Hazrati Bashir» navi 2014–2017 yillar davomida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida jami 20,2 ming  gektar g‘alla maydonlariga joriy etilgan. Shuningdek, 2018 yil g‘alla hosili uchun «Hazrati Bashir» navini jami 5,0 ming gektar maydonga ekish uchun 1267 tonna sara urug‘liklari jamg‘arilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 02/21-583-son ma’lumotnomasi).Bunning natijasida ushbu navdan andoza navlarga nisbatan gektaridan   3,4–8,5 sentner qo‘shimcha don hosili olingan va iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 255,0–762,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 14–19 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish