Muminova Sitoraxon Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning 2 turida gipoglikemik terapiyani turli sxemalarining buyraklar funksional holatiga ta’siri», 14.00.03 –Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1860.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saydiganixodja, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning funksional holati va unga turli xil gipoglikemik davolash sxemalarining nefroprotektiv ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diabetik nefropatiyaning preklinik bosqichida qandli diabetning 2 turi bilan og‘rigan bemorlarda tubulointerstisial apparat funksiyasining buzilishini bildiradigan sistatin C va N-atsetil-D-glyukozaminidaza, gamma-glutamiltransferaza, ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza fermentlarining siydik bilan chiqarilishining ko‘payishi asoslangan;
qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan bemorlarda diabetik nefropatiyaning dastlabki bosqichlarida buyrak gemodinamikasining buyrak va segmentar arteriyalar darajasida intrarenal tomir qarshiligining oshishi bilan namoyon bo‘lgan o‘zgarishlari aniqlangan;
diabetik nefropatiyaning dastlabki bosqichida bo‘lgan qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan bemorlarda yuqori aterogen potensialga ega bo‘lgan umumiy xolesterin referens qiymatlari negizida trigliseridlar va zichligi baland bo‘lmagan lipoproteidlarning oshishi, zichligi yuqori lipoproteid miqdori pasayishini o‘z ichiga oluvchi qo‘shma dislipidemiyaning buyrak disfunksiyasi rivojlanishidagi axamiyati asoslangan;
diabetik nefropatiyabilan og‘rigan bemorlarni davolashda empagliflozinning sitagliptinga nisbatan nefroprotektiv (23,3% ga) va gipolipidemik ta’sirga (10% ga) yukori ekanligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar funksional holati va turli xil gipoglikemik davolash sxemalarining nefroprotektiv ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-tur qandli diabetda buyrak shikastlanishining rivojlanishini boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qandli diabet 2 turida buyrak shikastlanishining rivojlanishini boshqarish usullari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/548-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kandli diabet 2 turi bilan og‘rigan bemorlarni boshqarishni takomillashtirish, buyrak asoratlari xavfini kamaytirish, kasallikning oqibatini va bemorning hayot sifat ko‘rsatkichini yaxshilash imkonini bergan.
qandli diabet 2-turining bo‘yicha 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar funksional holati va turli xil gipoglikemik davolash sxemalarining nefroprotektiv ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi endokrinologiya bo‘limi va Farg‘ona viloyati endokrinologik dispanseri klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 maydagi 08-12/439-sonli ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini amalga oshirish qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligini  bashorat qilish, profilaktika usullaridan foydalanish surunkali buyrak kasalligini rivojlanish xavfini 23,3% gacha kamaytirish va diabetik nefropatiya oqibatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish