Bo‘taev Usmonjon Xayrullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston jamiyati siyosiy tizimining milliy manfaatlarni ta’minlashdagi dinamikasi», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Ss29.
Ilmiy maslahatchi: Paxrutdinov Shukritdin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistan milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor; Jumaev Rustam Ziyatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaat-larini ta’minlashda jamiyat siyosiy tizimini mustahkamlashning siyosiy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faol demokratik jarayonlarning jadallashuvi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga asoslanganligida va uning siyosiy tizim dinamikasiga «inson omili»ni yukslatirish maqsadlariga erishganlik darajasiga muvofiqligi isbotlangan;
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar berish siyosiy tizimda ochiqlik hamda jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning asosi ekanligi isbotlangan;
mustaqillik yillarida mamlakat siyosiy tizimining shakllanish va rivojlanish transformatsion davridagi (1990-2010 yy.) fundamental muammolarga siyosiy tizimning moslashishining funksional, institu-sional xarakterli kabi xususiyatlari asoslab berilgan;
siyosiy tizimning dinamikasi milliy manfaatlarni amalga oshirganlik darajasiga bevosita bog‘liq ravishda o‘zgarib, rivojlanib borishi asoslangan;
siyosiy tizimning amaldagi samaradorligini aniqlovchi asosiy mezonlar aholining siyosiy hokimiyatga ishonchini va inson qadr-qimmatini oshib borishi bilan belgilanishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy asoslarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faol demokratik jarayonlarning jadallashuvi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga asoslanganligida hamda uning siyosiy tizim dinamikasiga «inson omili»ni yukslatirish maqsadlariga erishganlik darajasiga oid xulosalar O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining «1.1.Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 26 apreldagi 02-02-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalarlar zamonaviy siyosiy jarayonlarda partiyalar faoliyatini takomillashtirish, siyosiy tizimda olib borilayotgan modernizatsiya islohotlarini jadallashtirish jarayonlariga xizmat qiladi;
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar berish, siyosiy tizimda ochiqlik, oshkorolik hamda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalari O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2021 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan «fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish hamda jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda ularning faoliyatini baholash mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqish»da foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 26 apreldagi 01/195-22-sonli ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zaro hamkorligini oshirish, borasidagi bilim, ko‘nikma va tajribalarini oshirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida mamlakat siyosiy tizimini shakllanish va rivojlanishining transformatsion davri (1990-2010 yillar)dagi fundamental muammolarga siyosiy tizimning moslashishining funksional, institutsional xarakterli kabi xususiyatlari O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining «1.1.Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 26 apreldagi 02-02-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu yo‘nalish doirasida ilgari surilgan taklif va xulosalar partiya va uning quyi organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
siyosiy tizimning dinamikasi milliy manfaatlarni amalga oshirganlik darajasiga bevosita bog‘liq ravishda o‘zgarib, rivojlanib borishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan «inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish» yo‘nalishi bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yil 29 martdagi 01-07/222-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni monitoring qilishni takomillashtirishga, mintaqaviy va xalqaro darajada axborot almashinuvining sifatini oshirishda hamda Ombudsmanning axborot platformasini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlashda xizmat qilgan;
siyosiy tizimning amaldagi samaradorligini aniqlovchi asosiy mezonlar aholining siyosiy hokimiyatga ishonchini va inson qadr-qimmatini oshib borishi bo‘yicha asoslangan tadqiqot natijalari hamda xulosalaridan Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining tomonidan 2021 yil reja asosida tayyorlangan «O‘zbekiston milliy manfaatlarini ta’minlashda siyosiy tizim samaradorligini oshirish» yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan sotsiologik so‘rovnomani ishlab chiqishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 13 dekabrdagi 01-16/367-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va natijalar sotsiologik ilmiy tadqiqotlarni hamda ijtimoiy mezonlar metodologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.