Kadirova Go‘zal Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Misr Arab Respublikasi tashqi siyosatida islom omili”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ss225.
Ilmiy rahbar: Djumaev Rustam Ziyatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, PhD/03/30.12.2021/Ss/Tar.21.02 
Rasmiy opponentlar: Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori,  professor; Abdullaev Nodir Abdulxaevich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Misr tashqi siyosatida islomning roli, islom omilining ijtimoiy-siyosiy vaziyat va tashqi siyosiy jarayonlarga ta’sirini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sir qilayotgan konfessiyalararo ziddiyatlar Qohira tashqi siyosat strategiyasida destruktiv tashqi omillarni ehtiyotkorlik bilan aylanib o‘tish, mintaqaviy jarayonlarga ustuvorlik berish va Misr atrofida xavfsiz va barqaror muhit yaratish taktikasini qo‘llashga urg‘u berayotgani dalillangan;
mamlakatni “Musulmon birodarlar” boshqargan davrda iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy taranglik tobora kuchayganligi,  qarama-qarshi taraflar o‘rtasidagi doimiy ichki siyosiy kurashlar vaziyatni izdan chiqarganligi, radikal islom tarafdorlarining hokimiyatda uzoq tura olmaganligining asosiy sababi bo‘lganligi ochib berilgan;  
Misrning siyosiy taraqqiyotni belgilashda diniylikning siyosiylashuvi va islom omili bilan bog‘liq tashqi ta’sirlarni inobatga olishi zarurati, boshqa davlatlarning manfaatlarini hisobga olish hamda diniy va dunyoviylik tamoyillariga qat’iy amal qilish ichki va tashqi siyosatning barqarorligini ta’minlovchi asosiy omil ekanligi ko‘rsatilgan;
Misr davlat boshqaruvi tizimida dinlararo bag‘rikenglik tamoyilining ustuvorligi mamlakat barqarorligini ta’minlashning asosiy omili ekanligi, din bilan bog‘liq davlat va jamiyat munosabatlarining samarali tartibga solinishi kelajakdagi siyosiy yangilanish imkoniyati sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Misr tashqi siyosatida islom dini omilining o‘rni bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sir qilayotgan konfessiyalararo ziddiyatlar Qohira tashqi siyosat strategiyasida destruktiv tashqi omillarni ehtiyotkorlik bilan aylanib o‘tish, mintaqaviy jarayonlarga ustuvorlik berish va Misr atrofida xavfsiz va barqaror muhit yaratish taktikasini qo‘llashga urg‘u berayotgani borasidagi ilmiy natijalardan  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 3 martdagi 18/8302-son ma’lumotnomasi). Natijada, Misr tashqi siyosatida islom dini bilan bog‘liq ilmiy va tahliliy materiallar, sohaga oid ma’lumotlar bazasining kengayishiga xizmat qilgan. 
Misrning siyosiy taraqqiyotni belgilashda diniylikning siyosiylashuvi va islom omili bilan bog‘liq tashqi ta’sirlarni inobatga olishi zarurati, boshqa davlatlarning manfaatlarini hisobga olish hamda diniy va dunyoviylik tamoyillariga qat’iy amal qilish ichki va tashqi siyosatning barqarorligini ta’minlovchi asosiy omil ekanligi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini yanada oshirish hamda turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan shaxslarni sog‘lom hayot tarziga qaytarishga qaratilgan ishlarda ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2021 yil 9 martdagi 02-03/1488 -son ma`lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligining oshishiga, dinlararo bag‘rikenglik muxtining shakllanishiga xizmat qilgan. 
Mamlakatni “Musulmon birodarlar” boshqargan davrda iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy taranglik tobora kuchayganligi, qarama-qarshi taraflar o‘rtasidagi doimiy ichki siyosiy kurashlar vaziyatni izdan chiqarganligi, radikal islom tarafdorlarining hokimiyatda uzoq tura olmaganligining asosiy sababi bo‘lganligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida axborot-tahliliy materiallar va hisobotlar tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2021 yil 9 martdagi 05-5/219-son ma`lumotnomasi). Natijada, mazkur sohadagi axborot-tahliliy ma’lumotlarning kengayishiga xizmat qilgan hamda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashishning ilmiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish