Jumaev Xayrulla Xayitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati turizm-rekreatsiya salohiyatini baholash va turizm infratuzilmasining hududiy tizimlarini takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr97.
Ilmiy rahbar: Nazarov Mamatqodir Ismatillaevich,  geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori; Mahmudov Muhammadismoil Muxitdinovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatining turistik-rekreatsiya salohiyatini kompleks baholash va turizm-rekreatsiya infratuzilmasini hududiy tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va  tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatini ma’muriy-hududiy birliklari bo‘yicha hududlarning turistik-rekreatsiya resurslar salohiyatini kompleks baholash metodikasi va reytingi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatidagi turistik ob’ektlar va resurslar aks ettirilgan turkum kartalar (“Qashqadaryo viloyatining  turistik-rekreatsiya salohiyati kartasi”, “Qashqadaryo viloyatining  turistik rayonlari kartasi” va “Qashqadaryo viloyatining  turizm-rekreatsiya infratuzilmasi kartasi”) ilk bor ArcGIS, CorelDraw dasturida yaratilgan;
viloyatning tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy turistik-rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanishda kompleks (ziyorat, tarixiy, arxeologik, eko, agro, astronomik, geoturizm, ekstremal, speleo, rekreatsiya, gastronomik, biznes, sanoat) turdagi yangi turistik marshrutlar va ularning namunaviy pasportlari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatining turistik-rekreatsiya hududlari (tekislik, tog‘ oldi va tog‘)da turizm infratuzilmaning rivojlanish darajasini aniqlash, ularni hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati turizm-rekreatsiya salohiyatini baholash va turizm infratuzilmasining hududiy tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati ma’muriy-hududiy birliklari bo‘yicha turistik-rekreatsion resurslar salohiyatini kompleks baholash metodikasi va reytingidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 03-17-02/11383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda mavjud turistik-rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish, rekreatsiya faoliyatini va istiqbolda turizm va rekreatsiyaning ko‘plab turlarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatining tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy,  ijtimoiy-iqtisodiy turistik-rekreatsiya resurslari salohiyati va imkoniyatlari aks ettirilgan 1:1000000 masshtabdagi “Qashqadaryo viloyatining turistik-rekreatsion salohiyati kartasi”dan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 03-17-02/11383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy turizm rekreatsiya salohiyatini kompleks baholash, shuningdek, hududlarning umumiy turistik reytingini aniqlash imkoniyatini bergan;
Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlarning hududlar bo‘yicha tahlili, turistik-rekreatsiya resurslarini turizm va rekreatsiyani rivojlantirish maqsadlarda baholash mezonlari tahlil qilingan 1:1000000 masshtabdagi “Qashqadaryo viloyati turistik rayonlari” kartasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 03-17-02/11383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda yangi turistik ob’ektlar, marshrutlar va ularning pasportlari, jumladan, hududlarning turizm-rekreatsiya salohiyatidan samarali foydalanishni takomillashtirish, hududlarda yangi turizm infratuzilma ob’ektlarini va marshrutlarini joylashtirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatining turistik-rekreatsiya hududlari (tekislik, tog‘ va tog‘ oldi)da turistik-rekreatsiya infratuzilmasining rivojlanish darajasini aniqlash, ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 03-17-02/11383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatdagi turistik ob’ektlarda turizm infratuzilma tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish