Karimov Ismoiljon Ibraximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi“Omnium” poygalarida ixtisoslashuvchi yuqori malakali velosipedchi-trekchilarning musobaqa oldi tayyorgarligini tuzish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Ped833.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Chernikova Elena Nikolaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xonkel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi yuqori malakali poygachilarning musobaqa oldi bosqichida integral tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poyga jarayonida oldingi charx tishlar soni, velosiped egarining balandligi hamda oyoq boldir-kaft bo‘g‘imi joylashgan holatining biomexanik burchaklarini inobatga olib, pedallashtirish zonalaridagi nisbiy impul`slar, harakat asimmetriyasi va kuch ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li orqali pedallashtirish texnikasini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi poygachilarning musobaqa oldi tayyorgarligida belgilangan masofani o‘tishda aerob, anaerob, kuch, aralash ish rejimlaridan kelib chiqib, kuch, tezkor-kuch komponentlari va maxsus chidamkorlik ko‘rsatkichlari asosida sprint yo‘lagiga kirishda tezlanishlarni mashg‘ulot mikrotsikliga qo‘shish hisobiga velotrek maydoni aylanasi bo‘ylab harakatlanishda bosqichma-bosqich natijalarga erishish imkoniyati kengaytirilgan;
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi yuqori malakali poygachilarning musobaqa oldi tayyorgarlik siklida velotrek maydoni aylanasidagi harakatlanishning o‘rtacha tezligini oshirish uchun «Watt» ko‘rsatkichlari yordamida mavsumning asosiy musobaqalari dasturi davomida shatunlarning har bir aylanasida trek maydoni yo‘laklari bo‘ylab pedal` bosish shiddatini taqsimlash evaziga kuch va yuqori tezlik komponentlarini yuqori darajada saqlab qolish imkoniyati takomillashtirilgan;
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi poygachilarning kuch va tezkor-kuch xususiyatlari asosida faol kuch tipologik yo‘nalishdagi «Scratch race» va «Tempo race» hamda kuch tipologik yo‘nalishdagi «Elimination race» va «Points race» poygalarini inobatga olib, harakatlanishning o‘rtacha tezligini oshirish uchun yuqori uzatmalar nisbatlaridan foydalanish hisobiga poyga turlari bo‘yicha musobaqa faoliyatining miqdoriy model` tavsiflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali velosipedchilarda velosiped charxlarining nisbatini o‘zgartirish bo‘yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari xamda ularning kiyosiy tahlili asosida:
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi yuqori malakali trekchi velosipedchilarda vilosiped egarining balandlik holati hamda oyoq boldir-kaftbo‘g‘imi joylashishining beomexanik burchaklari, pedallashtirish zonalaridagi nisbiy impul`slar, harakat asimmetriyasi va uning asimmetriya kuchi, harakat kuchining foydali koeffisientlari hamda oldingi charx tishlar sonini oshirish modeli «Sport pedagogik mahoratini oshirish (velosport)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-294 raqamli guvohnoma). Natijada yuqori malakali velosipedchi-trekchilarning pedallashtirish texnikasi 7.6% ga yaxshilangan;
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi poygachilarning musobaqa oldi tayyorgarligida velosipeddagi charxlar uzatmalarining yuqori nisbatlarini ko‘llash uslubi Respublika oliy sport mahorati maktabi velosport bo‘limining mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 03-17-02/4913-son ma’lumotnomasi). Natijada velosipedda harakatlanish o‘rtacha tezligi 6,1 % ga yaxshilangan;
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi yuqori malakali poygachilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida poyga turlari bo‘yicha harakatlanishda shatunlarning har bir aylanasida pedalni bosish quvvati va o‘rtacha tezlikni oshirishdagi «Watt» ko‘rsatkichlariO‘zbekiston yoshlar terma jamoasining mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 03-17-02/4913-son ma’lumotnomasi). Natijada velotrek polotnosi aylanasi bo‘ylab harakatlanish tezligining bosqichma-bosqich o‘sishi 11.2 % ga yaxshilangan;
“Omnium” poygalar dasturida ixtisoslashuvchi yuqori malakali trekchi velosipedchilarni musobaqa oldi tayyorgarlik modeliO‘zbekiston terma jamoasining mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 03-17-02/4913-son ma’lumotnomasi). Natijada kuch va tezlik-kuch imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab qolish 0,4% hamda musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 10,4 % ga yaxshilangan.